Kuni kecha Afg‘oniston chegarasida bir askarimiz qahramonlarcha halok bo‘ldi – Mirziyoyev

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaGorod raspolojen na pravom beregu reki Amudarya, po kotoroy proxodit granitsa Respubliki Uzbekistan s Islamskoy Respublikoy Afganistan.
Gorod raspolojen na pravom beregu reki Amudarya, po kotoroy proxodit granitsa Respubliki Uzbekistan s Islamskoy Respublikoy Afganistan. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2021
Obuna bo‘lish
Namangan viloyatida saylovchilar bilan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston bilan chegaradagi vaziyat bo‘yicha to‘xtalib o‘tdi.
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Namanganda saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston bilan chegaradagi vaziyat bo‘yicha ham to‘xtalib o‘tdi.
Afg‘onistondagi holat hammamizga saboq bo‘lishi kerak. Chegaradagi vaziyat har kuni diqqat markazimizda. Hech kimga sarhadlarimizga daxl qilishga yo‘l qo‘ymaymiz. Chunki O‘zbekistonda qonun ustuvor, jazo muqarrar.
Kuni kecha ham davlatimiz chegarasini buzib o‘tishga urinish bo‘ldi. Bir narkobaron harakat qildi. Lekin biz daxlsizlik masalasida pozitsiyamiz qat’iy, kerak bo‘lsa, chegaramizni himoya qilish uchun qurol ishlatamiz.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev otbil v Namanganskuyu oblast - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2021
Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona vodiysida bo‘ladi
Kechagi vaziyatda ham o‘z vazifasini sharaf bilan bajargan bir askarimiz qahramonlarcha halok bo‘ldi. U shu yurt farzandi – namanganlik edi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov askarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.
“Kuni kecha Afg‘oniston chegarasida narkobaron guruhi tomonidan davlat chegarasini buzib o‘tishga urinish paytida bo‘lgan otishma natijasida bir askarimiz xalok bo‘libti. Fursatdan foydalanib qaxramonning oila a’zolariga hamdardlik bildirib qolaman”, - deb yozgan Komil Allamjonov.
Yangiliklar lentasi
0