Siyosat

Milliy gvardiya qoʻmondoni Kamondan otish federatsiyasiga rahbar etib saylandi

© Press-slujba Natsionalnoy gvardii UzbekistanaPredsedatelem federatsii strelbы iz luka izbran komanduyuщiy natsionalnoy gvardiyey Rustam Djurayev
Predsedatelem federatsii strelbы iz luka izbran komanduyuщiy natsionalnoy gvardiyey Rustam Djurayev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.09.2021
Kamondan otish federatsiyasi raisi lavozimiga Milliy gvardiya qoʻmondoni Rustam Joʻrayev nomzodi bir ovozdan maʼqullandi.
TOSHKENT, 27 sen – Sputnik. Oʻzbekiston Milliy gvardiyasi qoʻmondoni Rustam Joʻrayev Kamondan otish federatsiyasiga rahbar etib saylandi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Turizm va sport vazirligida Oʻzbekiston Kamondan otish federatsiyasining navbatdan tashqari konferentsiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari – turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi Rustam Shoabdurahmonov, Milliy gvardiya qoʻmondoni, general-mayor Rustam Joʻrayev, mutasaddi tashkilotlar vakillari, ovoz berish huquqiga ega boʻlgan delegatlar hamda murabbiylar va boshqa mutaxassislar qatnashdi.
“Kamondan otish federatsiyasi raisi lavozimiga Oʻzbekiston Milliy gvardiyasi qoʻmondoni Rustam Joʻrayev nomzodi taklif etilib, delegatlar tomonidan bir ovozdan maʼqullandi”, - deyilgan xabarda.
Joʻrayev bildirilgan ishonch uchun ishtirokchilarga minnatdorchilik izhor etib, kamondan otish sport turini ommalashtirish va rivojlantirishda barcha kuch va imkoniyatlarni ishga solishini bildirdi.
Eslatib oʻtamiz, general-mayor Rustam Joʻrayev 2020 yil martida Milliy gvardiya qoʻmondoni boʻlgan edi. U 2020 yilning sentyabrida Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qoʻl jangi federatsiyasi rahbari etib tayinlangan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala