Siyosat

Oʻzbekiston Afgʻonistonning tinch va mustaqil davlat sifatida shakllanishidan manfaatdor - TIV

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdaniye MID Uzbekistana
Zdaniye MID Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.09.2021
Kamilovning taʼkidlashicha, Afgʻoniston zamini endi mintaqa davlatlari va umuman xalqaro hamjamiyat uchun xavf tugʻdirmasligi kerak.
TOSHKENT, 27 sen – Sputnik. 27- sentyabr kunlari Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Afgʻoniston boʻyicha Istanbul shahrida boʻlib oʻtayotgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Tashqi ishlar vazirlari navbatdagi yigʻilishida ishtirok etdi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston tashqi ishlar vazirlari va Turkiy Kengash kotibiyati Afgʻoniston yoʻnalishida birgalikda qoʻshma harakatlar jihatlarini, xususan, keng vakillik asosida Afgʻoniston hukumatini tuzish zarurligi, inson huquqlariga, jumladan, ayollar va milliy ozchilik huquqlariga rioya qilinishini muhokama qildilar.
Kamilov oʻz nutqida Afgʻoniston masalasiga taalluqli asosiy masalalar boʻyicha mamlakat pozitsiyasiga toʻxtalib oʻtdi.
“Qayd etilganidek, Oʻzbekiston Afgʻonistonning tinch va mustaqil davlat sifatida shakllanishidan manfaatdor. Afgʻoniston zamini endi mintaqa davlatlari va umuman xalqaro hamjamiyat uchun xavf tugʻdirmasligi kerak”, - deyilgan xabarda.
Dunyo davlatlari uchun ustuvor vazifa Afgʻonistonni iqtisodiy tusdagi mintaqaviy integratsion jarayonlariga yanada faol jalb qilish, mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish boʻlib qolishi kerakligi taʼkidlandi.
Flagi stran Tyurkskogo soveta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.09.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Turkiy tilli davlatlar TIV rahbarlari Istanbulda Afgʻonistondagi vaziyatni muhokama qilishadi
Bundan tashqari, mojarodan keyingi Afgʻoniston strategiyasini ishlab chiqish muhimligi, shuningdek, mamlakatga zarur insonparvarlik yordam koʻrsatilishi davom etishi alohida qayd etildi.
Tadbir yakunida Turkiy Kengashga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining Afgʻoniston boʻyicha qoʻshma bayonoti qabul qilindi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala