Iqtisod

Oʻzbekiston va Rossiya 2022-2026 yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturini tayyorlamoqda

© Ministerstvo investitsiy i vneshney torgovli Respubliki UzbekistanV Tashkente sostoyalas vstrecha sopredsedateley Uzbeksko-Rossiyskoy Mejpravitelstvennoy komissii (MPK) po ekonomicheskomu sotrudnichestvu
V Tashkente sostoyalas vstrecha sopredsedateley Uzbeksko-Rossiyskoy Mejpravitelstvennoy komissii (MPK) po ekonomicheskomu sotrudnichestvu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.09.2021
Sardor Umurzakov va Maksim Reshetnikov Toshkentda hamkorlikning yangi ustuvor yoʻnalishlarini muhokama qilishdi.
TOSHKENT, 27 sen – Sputnik. Oʻzbekiston va Rossiya hukumatlari 2022-2026 yillarga moʻljallangan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar hamkorlik dasturini tayyorlamoqda. Bu haqda Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakovning Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov bilan uchrashuvi davomida maʼlum qilindi.
Oʻzbekiston-Rossiya Hukumatlararo komissiya hamraislari Sardor Umurzakov va Maksim Reshetnikov Toshkentda hamkorlikning yangi ustuvor yoʻnalishlarini muhokama qilishdi.
Taʼkidlanishicha, 2017 va 2018 yillarda yuqori darajadagi tashriflar yakunlari boʻyicha tasdiqlangan qoʻshma loyihalarning umumiy portfeli 15 mlrd dollarga teng boʻlgan 151 ta investitsiyaviy loyihani oʻz ichiga oladi.
Tomonlar kelishilgan loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish, shuningdek, yangi investitsiya loyihalari va savdo bitimlari portfelini shakllantirish boʻyicha ishlarni jadallashtirish yuzasidan amaliy choralar koʻrishga kelishib oldilar.
“Oson boʻlmagan sharoitlarda ham oʻzaro savdoning ijobiy dinamikasini yana bir bor kuzatmoqdamiz. Eslatib oʻtaman, pandemiyaga qaramasdan, Oʻzbekiston bilan ikki tomonlama savdo aylanmasi 2020 yilda 15,6%ga oshdi va bu ishbilarmonlik aloqalarining mustahkamligi va samaradorligini koʻrsatadi. Joriy yilning 7 oyi davomida oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 3,8% oʻsishni qayd etayapmiz. Oʻzaro savdodagi ijobiy dinamika bu yil oxirigacha ham saqlanib qolishini kutmoqdamiz”, - dedi Reshetnikov.
Maʼlum qilinishicha, yaqin kelajakda ikki mamlakatning tarmoq vazirliklari, assotsiatsiyalari va birlashmalari, yirik davlat kompaniyalari hamda hududlar maʼmuriyatlari rahbarlaridan iborat delegatsiyalarning oʻzaro tashriflari tashkil etiladi.
Shuningdek, bir qator ikki tomonlama tadbirlarga jumladan, II-Mediaforum, II-Taʼlim forumi, II-Mintaqalararo hamkorlik forumi, XHYUKda Oʻzbekiston Milliy pavilonining rasmiy ochilish marosimi va “Made in Uzbekistan” tarmoqlar koʻrgazmasiga tayyorgarlikning borishi ham atroflicha koʻrib chiqildi.
V Tashkente sostoyalas vstrecha sopredsedateley Uzbeksko-Rossiyskoy Mejpravitelstvennoy komissii (MPK) po ekonomicheskomu sotrudnichestvu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.09.2021
Iqtisod
Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi “Agroekspress” noyabr oyida yoʻlga qoʻyiladi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala