O‘zbekiston va Rossiya 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini tayyorlamoqda

© Ministerstvo investitsiy i vneshney torgovli Respubliki UzbekistanV Tashkente sostoyalas vstrecha sopredsedateley Uzbeksko-Rossiyskoy Mejpravitelstvennoy komissii (MPK) po ekonomicheskomu sotrudnichestvu
V Tashkente sostoyalas vstrecha sopredsedateley Uzbeksko-Rossiyskoy Mejpravitelstvennoy komissii (MPK) po ekonomicheskomu sotrudnichestvu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2021
Obuna bo‘lish
Sardor Umurzakov va Maksim Reshetnikov Toshkentda hamkorlikning yangi ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilishdi.
TOShKENT, 27 sen – Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar hamkorlik dasturini tayyorlamoqda. Bu haqda O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakovning Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov bilan uchrashuvi davomida ma’lum qilindi.
O‘zbekiston-Rossiya Hukumatlararo komissiya hamraislari Sardor Umurzakov va Maksim Reshetnikov Toshkentda hamkorlikning yangi ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilishdi.
Ta’kidlanishicha, 2017 va 2018-yillarda yuqori darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha tasdiqlangan qo‘shma loyihalarning umumiy portfeli 15 mlrd dollarga teng bo‘lgan 151 ta investitsiyaviy loyihani o‘z ichiga oladi.
Tomonlar kelishilgan loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish, shuningdek, yangi investitsiya loyihalari va savdo bitimlari portfelini shakllantirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish yuzasidan amaliy choralar ko‘rishga kelishib oldilar.
“Oson bo‘lmagan sharoitlarda ham o‘zaro savdoning ijobiy dinamikasini yana bir bor kuzatmoqdamiz. Eslatib o‘taman, pandemiyaga qaramasdan, O‘zbekiston bilan ikki tomonlama savdo aylanmasi 2020-yilda 15,6%ga oshdi va bu ishbilarmonlik aloqalarining mustahkamligi va samaradorligini ko‘rsatadi. Joriy yilning 7 oyi davomida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,8% o‘sishni qayd etayapmiz. O‘zaro savdodagi ijobiy dinamika bu yil oxirigacha ham saqlanib qolishini kutmoqdamiz”, - dedi Reshetnikov.
Ma’lum qilinishicha, yaqin kelajakda ikki mamlakatning tarmoq vazirliklari, assotsiatsiyalari va birlashmalari, yirik davlat kompaniyalari hamda hududlar ma’muriyatlari rahbarlaridan iborat delegatsiyalarning o‘zaro tashriflari tashkil etiladi.
Shuningdek, bir qator ikki tomonlama tadbirlarga jumladan, II-Mediaforum, II-Ta’lim forumi, II-Mintaqalararo hamkorlik forumi, XHUKda O‘zbekiston Milliy pavilonining rasmiy ochilish marosimi va “Made in Uzbekistan” tarmoqlar ko‘rgazmasiga tayyorgarlikning borishi ham atroflicha ko‘rib chiqildi.
V Tashkente sostoyalas vstrecha sopredsedateley Uzbeksko-Rossiyskoy Mejpravitelstvennoy komissii (MPK) po ekonomicheskomu sotrudnichestvu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2021
Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi “Agroekspress” noyabr oyida yo‘lga qo‘yiladi
Yangiliklar lentasi
0