Migratsiya

Rossiyada qiyin ahvolda qolgan oʻzbekistonliklar vatanga qaytarildi

Krыlo samoleta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.09.2021
Qaytarilgan fuqarolarning barchasi sogʻligʻi yomonlashgani tufayli ishini yoʻqotgan va RFda mushkul bir ahvolda qolgan boʻlgan
TOSHKENT, 27 sen - Sputnik. Rossiyada salomatligi yomonlashib, qiyin ahvolda qolgan fuqarolar vatanga qaytarildi, deb xabar berdi Tashqi migratsiya agentligi matbuot-xizmati.
Joriy hafta davomida xorijda murakkab moliyaviy ahvolda qolgan va mehnat qobiliyatini yoʻqotgan 6 nafar fuqarolar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Oʻzbekistonning xorijdagi konsullik idoralari koʻmagida Oʻzbekistonga qaytarildi.
Menedjer klininga - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.09.2021
Migratsiya
Rossiyada migrantlar IT-texnologiyalari yordamida nazorat qilinadi
Samarqandlik A.Q. 2020 yil mart oyida Rossiyaning Tomsk shahriga ishlash maqsadida boradi, salomatligi yomonlashganligi sababli mehnat qobiliyatini yoʻqotgan. Ushbu fuqaro Agentlik tashabbusi va homiylar koʻmagida davolanish bilan bogʻliq xarajati, oziq-ovqat va vaqtinchalik yashash joyi bilan taʼminlandi.
Shuningdek, Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 22 sentyabr kuni Novosibirsk-Toshkent yoʻnalishida vatanga qaytarildi.
59 yoshli fargʻonalik U.YU. joriy yilning avgust oyida ishlash maqsadida Rossiyaga borib, sogʻligi yomonlashadi va mehnat qobiliyatini yoʻqotadi. Agentlik tomonidan homiylar jalb qilinib, 24 sentyabr kuni Sankt-Peterburg-Fargʻona yoʻnalishida Oʻzbekistonga qaytib keldi.
Rabochiye na stroitelnoy ploщadke na Bolshom Kamennom mostu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.09.2021
Rossiya
Rossiya MDHdan mehnat migrantlarini qanday jalb qiladi
Asli Namangan viloyatidan boʻlgan A.I. joriy yilda Rossiyaning Novosibirsk shahridagi qurilish obʼyektida ishlash maqsadida ketgan, kasallikka uchrab, ishsiz qolgan. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Agentlik koʻmagida Novosibirsk-Toshkent yoʻnalishidagi aviareys bilan vatanga qaytarildi.
Andijonlik J.T. 2019 yilda qurilish sohasida ishlash maqsadida Rossiyaning Novosibirsk shahriga borib, muqim ish joylarida ishlolmaganligi sababli moliyaviy qiyin ahvolda qolgan. Fuqaroga Agentlik koʻmagida homiylar jalb qilingan holda Novosibirsk-Andijon yoʻnalishidagi aviareys bilan Oʻzbekistonga qaytish uchun avia chipta tashkil qilindi.
51 yoshli navoiylik I.P. Rossiyaning Novosibirsk shahriga sogʻligi yomonlashishi natijasida moliyaviy qiyin ahvolda qoladi. Agentlik tashabbusi bilan saxiy insonlar koʻmagida vatanga qaytishiga amaliy yordam koʻrsatildi.
Qashqadaryolik M.M. joriy yilda ijtimoiy tarmoqdagi eʼlon asosida Ukrainaning Kiyev shahriga borib, taklif etilgan kompaniya bilan kelisholmay moliyaviy qiyin ahvolda qoladi. Oʻzbekistonning Ukranidagi Bosh konsulxonasi bilan hamkorlikda 22 sentyabr kuni Kiyev-Toshkent yoʻnalishidagi aviareys orqali Oʻzbekistonga qaytishiga koʻmaklashildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala