Rossiyaga ishga boradigan quruvchilar O‘zbekistonda o‘qitiladi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishMigranti na stroyke
Migranti na stroyke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya va O‘zbekiston O‘zbekiston hududida qurilish sohasidagi mutaxassislarni kasbga o‘qitish va ularning malakasini baholashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etishga kelishib oldi
TOShKENT, 27 sen - Sputnik. Rossiya Federatsiyasining yirik ish beruvchilaridan biri hisoblangan “Quruvchilar milliy uyushmasi” assotsiatsiyasi (NOSTROY) prezidenti Anton Glushkov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Delegatsiya a’zolari Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida bo‘ldi va u yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.
Smartfon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2021
Rossiyada migrantlarga ish topishda yordam beradigan mobil ilova ishga tushiriladi
Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlik masalalari yuzasidan muzokaralar ham olib borildi.
Shu kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Muhitdinov va “Quruvchilar milliy uyushmasi” assotsiatsiyasi prezidenti Glushkov o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda Rossiya Federatsiyasiga yuborilayotgan O‘zbekiston fuqarolarining malakasini baholash imtihonini raqamli platforma asosida masofadan topshirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir so‘nggida tomonlar o‘rtasida hamkorlik Bitimi imzolandi.
Mazkur bitimda O‘zbekiston Respublikasi hududida qurilish sohasidagi mutaxassislarni kasbga o‘qitish va ularning malakasini baholashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish kabi masalalar qayd qilingan.
Yangiliklar lentasi
0