Siyosat

Sergey Lebedev Oʻzbekistonga keladigan MDH kuzatuvchilari missiyasiga rahbarlik qiladi

© Press-slujba prezidentaPredsedatel Ispolnitelnogo komiteta – Ispolnitelnыy sekretar SNG Sergey Lebedev
Predsedatel Ispolnitelnogo komiteta – Ispolnitelnыy sekretar SNG Sergey Lebedev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.09.2021
Oʻzbekistonda prezident saylovlari 24 oktyabrda boʻlib oʻtadi, 23 iyul kuni saylov kampaniyasiga start berilgan edi.
TOSHKENT, 27 sen - Sputnik. MDH ijroiya qoʻmitasi kotibi Sergey Lebedev Hamdoʻstlik davlatlaridan keladigan kuzatuvchilar missiyasiga rahbarlik qiladi. Bu haqda Oʻzbekiston Markaziy saylov komissiyasi bugun, dushanba kuni xabar berdi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda prezident saylovlari 24 oktyabrda boʻlib oʻtadi, 23 iyul kuni saylov kampaniyasiga start berilgan edi.
Vыborы prezidenta Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.09.2021
Jamiyat
Prezidentlikka nomzodlarga saylovoldi tashviqotlarni boshlashga ruxsat berildi
Markaziy saylov komissiyasi mamlakatda faoliyat yurituvchi beshta siyosiy partiyalar nomzodlarini roʻyxatga olgan. Jumladan, XDPdan Maqsuda Vorisova, “Adolat” SDPdan Bahrom Abduhalimov, OʻzLiDePdan Shavkat Mirziyoyev, "Milliy tiklanish" partiyasidan Alisher Qodirov hamda Ekologik partiyadan Narzulla Oblomuradov Oʻzbekiston prezidentligiga roʻyxatga olingan.
"MDH Ijroiya qoʻmitasi raisi Sergey Nikolayevich Lebedev MSK tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti saylovida MDH kuzatuvchilari missiyasi rahbari sifatida akkreditatsiyadan oʻtgan", - deyiladi xabarda.
Lebedev, shuningdek, 2015 va 2016 yillarda Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan prezident saylovlarida MDH kuzatuvchilari missiyasiga rahbarlik qilgan.
Ilgariroq, Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi Gulnoza Rahimova jurnalistlarga 21ta xalqaro tashkilotlar vakillari, jumladan, MDH, SHHT, YEXHT vakillari Oʻzbekiston prezidenti saylovlarini kuzatishga taklif etilgani haqida xabar bergan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala