Iqtisod

Talabalarga ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish tartibi belgilandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.09.2021
Mazkur tartib davlat OTMning faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqib, ijara huquqi asosida yashaydigan talabalariga nisbatan tatbiq etiladi.
TOSHKENT, 27 sen – Sputnik. Hukumat qarori bilan Davlat oliy taʼlim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara toʻlovining bir qismini Davlat byudjeti hisobidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, ijara huquqi asosida yashaydigan talabalarning oylik ijara toʻlovi bir qismini qoplab berish davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisobga qoʻyilgan koʻchmas mulk ijara shartnomasiga muvofiq ijara huquqi asosida yashaydigan ariza beruvchilarga nisbatan tatbiq etiladi.
Roʻyxatga olingan doimiy yashash joyi doirasida (tuman, shahar miqyosida) ariza beruvchilarga oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish amalga oshirilmaydi.
Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan boʻlishlari shart.
Mazkur tartib davlat OTMning faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqib, ijara huquqi asosida yashaydigan talabalariga nisbatan tatbiq etiladi.
Komnata v studencheskom obщejitii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.04.2021
Iqtisod
Davlat ijarada yashovchi talabalarning 50 foiz ijara pulini toʻlab beradi
Bunda ariza beruvchi tegishli maʼlumot yoki hujjatlarni oʻzi taʼlim olayotgan fakultetning yoshlar bilan ishlash boʻlimi dekan oʻrinbosari yoki OTMning talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi boʻlimiga topshiradi.
Masʼullar 1 hafta davomida ariza beruvchi maʼlumotlarining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini oʻrganadi.
Soʻng maʼlumotlarni umumlashtirib, koʻrib chiqish va xulosa berish uchun navbatdagi haftaning birinchi kunida talabgorlarni tanlab olish komissiyasiga taqdim etadi.
Komissiya bir ish kunida talabgorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻrganib chiqib, qaror qabul qiladi.
Shunga koʻra, davlat OTM rektori (filial direktori)ning buyrugʻi rasmiylashtirilib, arizalari qanoatlantirilgan talabgorlar toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlar va ularning roʻyxati toʻlovlarni amalga oshirish uchun buxgalteriyaga taqdim etiladi.
Arizasi ijobiy hal etilgan talabalar uchun ijara toʻlovining bir qismi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan ular ariza bergan sanadan boshlab qoplab beriladi.
Ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish:
oʻquv yili davomida (har yili 1 sentyabrdan 1 iyulgacha) yoki oʻqitish dasturi boʻyicha oʻquv yilining davomiyligiga qarab belgilanadi;
ariza beruvchi tomonidan har oyning 7-sanasigacha arizalar masʼullarga taqdim etilganidan soʻng amalga oshiriladi.
Ushbu muddatlar tugagandan keyin berilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi.
Eslatib oʻtamiz, ijara toʻlovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida – BHMning 1 baravari, qolgan hududlarda – BHMning 0,5 baravaridan oshmasligi lozim.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader