Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Toliblar erkaklarga soqol olishni taqiqladi

© Sputnik / StringerParad spetsialnogo otryada talibov pod nazvaniyem "Mansuri" v provintsii Badaxshan
Parad spetsialnogo otryada talibov pod nazvaniyem Mansuri v provintsii Badaxshan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.09.2021
"Tolibon"* Hilmand viloyatida erkaklarga soqol olishga cheklov qoʻydi.
TOSHKENT, 27 sen – Sputnik. "Tolibon"* Afgʻoniston janubidagi Hilmand viloyatida erkalarga soqol oldirish va sochlarini zamonaviy kaltartirishga taqiq qoʻydi, deya xabar bermoqda RIA Novosti "Tolibon"* maʼlumotlariga tayangan holda.
Maʼlum qilinishicha, muvaqqat hukumatning mutasaddi vazirligi erkaklarga sochlarini zamonaviy kaltartirmaslik va soqol oldirmaslikni tavsiya qilgan.
Ular bu haqda Hilmand viloyatining markazi hisoblangan Lashkargohdagi erkaklar sartaroshxonalari vakillari bilan uchrashuvda maʼlum qilishgan.
I.o. zamglavы sformirovannogo dvijeniyem Taliban* pravitelstva Afganistana Abdul Gani Baradar - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.09.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
“Tolibon”* Tojikistonni Afgʻonistonning ichki ishlariga aralashishda aybladi
Bir paytning oʻzida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tegishli Farmoyishda sartaroshxonalarda musiqa va madhiyani qoʻymaslikka daʼvat qilingan.
Bundan sal avvalroq Afgʻoniston OAVlari "Tolibon"* Afgʻonistondagi Xotin-qizlar masalalari boʻyicha vazirlikni tugatib, oʻrniga diniy tartib-qoidaga rioya etilishini nazorat qiluvchi vazirlikni tashkil etgani toʻgʻrisida xabar tarqatgan edilar.
Aytilishicha, “Tolibon”* vazirlikning eski nomini yangisiga almashtirishga ham ulgurgan.
Avgust oyi boshida AQSH oʻz qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqishi bilan "Tolibon"* hukumat kuchlariga hujumni faollashtirdi va 15 avgustda Qobulga kirib bordi. 31 avgustga oʻtar kechasi Qoʻshma Shtatlar oʻzining barcha harbiylarini Islom Respublikasidan olib chiqib ketdi va bu bilan AQShning mamlakatdagi missiyasi rasman yakunlandi. Shundan soʻng, sentyabr oyining boshida “Tolibon”* muvaqqat hukumat tarkibini eʼlon qildi.
* RFda taʼqiqlangan terrorchi tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala