Hodisalar

Toshkentda 1 gektar yerni 200 ming dollarga olib berishni vaʼda qilganlar qoʻlga olindi

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovJenщina v naruchnikax
Jenщina v naruchnikax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.09.2021
Ikki fuqaro D.ga 200 ming dollar evaziga Toshkent viloyatidagi 1 gektar yerni uning nomiga rasmiylashtirib olib berishni vaʼda qilishgan.
TOSHKENT, 27 sen – Sputnik. Toshkentda fuqaroga Toshkent viloyatidagi 1 gektar yer maydoni olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Departament hamda DXXning Yunusobod tumani boʻlimlari tezkor tadbir oʻtkazgan. Maʼlum qilinishicha, S.U. va B.A.lar boshqa bir fuqaro D.ga 200 ming dollar evaziga Oʻrmon xoʻjaligi tasarrufidagi 1 gektar yerni uning nomiga rasmiylashtirib olib berishni vaʼda qilishgan. Buning uchun vakolatli tanishlarini ishga solishlarini aytishgan.
Stroitelstvo domov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.09.2021
Hodisalar
Oʻttiz bir fuqaroni imtiyozli uy olib berishga ishontirgan firibgarlar guruhi qoʻlga tushdi
Ular oldindan kelishilgan pulning 10 foizi, yaʼni 20 ming dollarni olgan vaqtlarida ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader