AQSh Markaziy Osiyodagi Rossiya bazalaridan foydalanishni rejalashtirmoqda

Obuna bo‘lish
WSJ: AQSh Osiyodagi Rossiya harbiy bazalaridan foydalanish istagini bildirdi
TOShKENT, 28 sen – Sputnik. AQSh Qurolli kuchlari shtab boshliqlarining birlashgan qo‘mitasi raisi general Mark Milli Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov bilan o‘tgan hafta bo‘lib o‘tgan uchrashuvda amerikalik harbiylar tomonidan Markaziy Osiyodagi Rossiya harbiy bazalaridan foydalanish imkoniyatini muhokama qilgan. Bu haqda RIA Novosti Wall Street Journal nashriga tayanib xabar bermoqda.
Ilgariroq OAVlar ushbu mavzu, avvalroq Jenevada, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Jo Bayden o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar chog‘ida ko‘tarilgan bo‘lishi mumkinligi haqida yozishgan edi, biroq Kreml bu holatga izoh bermagan.
Gerasimov Milliga hech qanday va’da bermagan, deya ta’kidlagan nashr.
Amerikanskie soldati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2021
AQSh Markaziy Osiyoda eng yirik harbiy bazani qurishni rejalashtirmoqda
WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya bazalaridan foydalanish haqidagi bahs-munozaralarning kelib chiqishi sababi shundaki, AQSh rasmiylari Afg‘onistondan qo‘shinlarni darhol olib chiqib ketgach, mamlakatda terroristik tahdidlarni kuzatib borish va ularga o‘z vaqtida javob berish uchun yangi imkoniyatlarni izlamoqda.
Nashr shu bilan birga AQSh Kongressi bir necha yil avval Pentagonga Rossiya Mudofaa vazirligi bilan yaqin hamkorlik qilishni taqiqlaganini eslatib o‘tadi.
Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, o‘tgan hafta Gerasimov va Milli Finlyandiyada uchrashuv o‘tkazgan. Konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuvda, harbiy faoliyat davomida kelib chiqadigan hodisalar xavfini kamaytirish muhokama qilingan.
Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2021
Markaziy Osiyoda hech kim o‘z hududida AQSh harbiy bazalarini joylashtirmoqchi emas – RF TIV
Shuningdek, Rossiya Xavfsizlik Kengashi kotibi Nikolay Patrushev va AQSh prezidentining Milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Djeyk Sallivan telefon orqali muloqot davomida Gerasimov va Milli o‘rtasidagi uchrashuv yakunlariga yuksak baho berganliklari qayd etilgan.
Avgust oyi boshida AQSh o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqishni boshlagan va ushbu fonda toliblar hukumat kuchlariga qarshi hujumni faollashtirib, 15-avgustda Qobulga kirib kelgan edi. 31-avgustga o‘tar kechasi Amerika Qo‘shma Shtatlari barcha harbiylarni Islom Respublikasidan olib chiqib ketganini e’lon qildi va bu bilan Qo‘shma Shtatlarning mamlakatdagi missiyasi rasman yakunlandi. Shundan so‘ng, sentabr oyi boshida “Tolibon”* muvaqqat hukumat tarkibini e’lon qildi. Toliblar birinchi marta hokimiyat tepasiga kelganida mamlakat Tashqi ishlar vaziri lavozimini egallagan va 2001-yildan buyon BMT sanksiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Ohund hukumat rahbari vazifasini bajarishi ma’lum bo‘ldi.
* RFda ta’qiqlangan terrorchi tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0