Haydovchilar YTH bo‘yicha IIB xodimlarisiz hodisa to‘g‘risidagi xabarnomani tuzishi mumkin

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVozobnovlenie dvijeniya obshestvennogo transporta v Tashkente
Vozobnovlenie dvijeniya obshestvennogo transporta v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2021
Obuna bo‘lish
Haydovchilar yo‘l-transport hodisalari bo‘yicha IIB xodimlarisiz hodisa to‘g‘risidagi xabarnomani tuzishi mumkin.
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Hukumat qarori bilan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qonunchilikka ko‘ra, yo‘l-transport hodisalari bo‘yicha haydovchilar IIB xodimlari ishtirokisiz hodisa to‘g‘risidagi xabarnomani tuzish orqali sug‘urta tovonini olish tartibi joriy etilgan.
Lenta ograjdeniya i znak peshexodnogo perexoda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2021
Surxondaryoda fojiali YTH: haydovchi 12 yoshli qizni urib yubordi
Shunga muvofiq, 2021-yil 1-noyabrgacha sug‘urta tashkilotlarining veb-saytlarida xabarnoma blankasi namunasi joylashtiriladi va uni yuklab olish imkoni yaratiladi.
Xabarnoma ikki nusxada quyidagi asoslar bir vaqtning o‘zida mavjud bo‘lganida tuziladi:
- jabrlanuvchiga yengil jarohat yetmaganida yoki mol-mulk shikastlanmaganida;
- ishtirokchilardan biri o‘z aybiga iqror bo‘lmaganida;
- hodisa piyoda ishtirokisiz sodir etilganida;
- hodisa faqat 2 ta transport ishtirokida bo‘lganida;
- ishtirokchilarning fuqarolik javobgarligi sug‘urta qilingan bo‘lsa;
- haydovchilik guvohnomasi, ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, ishonchnoma, yo‘l varaqasi mavjudligi;
- haydovchilar mast bo‘lmasa;
- transportlarning shikastlanishi nizoni keltirib chiqarmasa.
Qaror 2021-yil 25-noyabrdan kuchga kiradi.
Yangiliklar lentasi
0