Ilon Mask “Forbes”ning milliarderlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi

© AFP 2023 / BRITTA PEDERSENOsnovatel SpaceX i gendirektor Tesla Ilon Mask
Osnovatel SpaceX i gendirektor Tesla Ilon Mask - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2021
Obuna bo‘lish
Ilon Mask “Forbes” ro‘yxatida Jeff Bezosdan o‘tib ketib, birinchilikni yana o‘z qo‘liga oldi.
TOShKENT, 28 sen – Sputnik. “Tesla” va “SpaceX” kompaniyalarning asoschisi, mashhur tadbirkor Ilon Mask dunyoning eng boy insoni bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti “Forbes” jurnali ma’lumotlariga tayangan holda xabar qildi.
Ilon Mask milliarderlar ro‘yxatida “Amazon “kompaniyasi asoschisi Jeff Bezosni ortda qoldirgan. Maskning boyligi 200 milliard dollardan ko‘proq deb baholanmoqda.
Dushanba kungi birja savdolari yakunlariga ko‘ra, Maskning boyligi 203,4 milliard dollar deb baholangan, bir sutkada uning boyligi 3,8 milliardga ko‘paygan. Shuningdek, u dunyodagi boyligi 200 milliard dollardan oshgan uchinchi shaxsga aylandi. 2020-yil avgustida Jeff Bezos shuncha boylikka ega bo‘lgan birinchi shaxs edi, “Louis Vuitton Moët Hennessy” (LVMH) guruhi prezidenti Bernar Arno ham iyun oyida boyligini 200 milliarddan oshirishga erishgandi.
Milliarder Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2021
Rossiyaning eng serdaromad milliarderlari – Forbes yangi reytingi
Ta’kidlash joizki, yanvar oyida Mask Bezosni ortda qoldirishni uddalangandi, ammo birinchilikni ko‘p saqlay olmagandi. Mana endi u yana yetakchilikni qo‘lga kiritdi.
Ikkinchi o‘rinni Jeff Bezzos egallagan. Uning boyligi 197,7 milliard deb baholanmoqda. Uchinchi o‘rinni esa o‘zining 175,7 milliardli boyligi bilan Bernar Arno joy olgan. To‘rtinchi o‘ringa “Microsofot” asoschisi Bil Geyts loyiq ko‘rilgan – 131 mlrd dollar. Beshlikka 126 mlrd dollar boylik bilan “Facebook” asoschisi Mark Sukerberg yakun yasagan.
Yangiliklar lentasi
0