Dunyoda

Janubiy Koreya prezidenti it goʻshtini yeyishni taqiqlashni taklif qildi

© AFP / STRRыnok v Kitaye, gde torguyut myasom sobak
Rыnok v Kitaye, gde torguyut myasom sobak - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.09.2021
Mun Chje In taomlarda it goʻshtidan foydalanishni taqiqlash imkoniyatini koʻrib chiqishga chaqirdi.
TOSHKENT, 28 sen – Sputnik. Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In taomlarda it goʻshtidan foydalanishni taqiqlash imkoniyatini koʻrib chiqishga chaqirdi. Bu haqda “Yonhap” nashri xabar bermoqda.
“Taomlarda it goʻshtidan foydalanishni taqiqlash toʻgʻrisidagi masalani mulohaza qilib koʻrib chiqish fursati yetmadimi?”, - degan Mun Chje In.
Bu haqda u respublika bosh vaziri Kim Bu Gyom bilan tashlab ketilgan uy hayvonlarini parvarish qilish tizimini yaxshilash masalasiga oid maslahatlashuvlar chogʻida maʼlum qilgan.
Agentlik maʼlumotlariga koʻra, Mun Chje Inning bir nechta itlari bor.
Janubiy Koreya Jinoyat kodeksiga hayvonlarni tahqirlash moddasi kiritilgan. U it va mushuklarni shafqatsizlarcha oʻldirish yoki ularga berahmona munosabatda boʻlishni cheklaydi, biroq ular goʻshtidan foydalanishni taqiqlamaydi, deya yozadi “Yonhap”.
Щenki. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.08.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda endi hayvonlarga shafqatsiz munosabatda boʻlganlar 6 oygacha qamalishi mumkin
Statistika maʼlumotlariga koʻra, Koreyada it goʻshtini isteʼmol qilish soʻnggi bir necha yil ichida 20-30 foizga kamaymoqda. 2014 yil maʼlumotlariga koʻra, Seulda it goʻshtidan tayyorlangan taomlarni tatib koʻrish mumkin boʻlgan 329 ta restoran ishlagan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala