Siyosat

Mirziyoyev pulni shifoxonalarga emas bemorlarga berishni taklif etdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.09.2021
Fargʻona viloyati tibbiyot tizimini isloh qilish uchun davlat byudjetidan kelgusi besh yilda 5 trillion soʻm ajratilishi rejalashtirilgan.
TOSHKENT, 28 sen – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev, pulni shifoxonalarga emas, bemorlarga berishni taklif etdi.
Bu haqda OʻzLiDep partiyasidan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyov bugun Fargʻonada boʻlib oʻtayotgan saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida maʼlum qildi.
"Xalqimiz sodda, shifokor davlat tomonidan ajratilgan oʻnta doridan uchtasini bersa ham rozi boʻlib ketaveradi. Endi yangicha tartib joriy qilamiz – pulni shifoxonaga emas, bemorga beramiz”, – dedi Mirziyoyev.
“Kasal boʻldimi, hisobiga pul tushiriladi, istagan dorisini olsin, istagan joyida operatsiya qildirsin. Baribir shu pul davlatdan ajratilyapti-ku. Tibbiyotda korruptsiya urchib ketgan, buni men aytmasam, kim aytadi?!", - deb qoʻshimcha qildi prezidentlikka nomzod.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader