Migratsiya

Moskva politsiyasi migrantlarga ogohlantirish bilan chiqdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishInostranets vozle Yedinogo migratsionnogo tsentra Moskovskoy oblasti
Inostranets vozle Yedinogo migratsionnogo tsentra Moskovskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.09.2021
Moskva politsiyasi migrantlarga oktyabrgacha oʻz maqomini qonuniylashtirish zarurligini eslatdi.
TOSHKENT, 28 sen — Sputnik. Moskva politsiyasi Rossiya Federatsiyasida boʻlgan migrantlarga 30 sentyabrgacha oʻz maqomini qonuniylashtirish zarurligini eslatdi.
Gap Rossiya Federatsiyasiga 2020 yil 15 martgacha kelgan va 2021 yil 16 iyun holatiga koʻra Rossiyada qolish uchun qonuniy asosga ega boʻlmagan chet elliklar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar haqida ketmoqda.

Qanday qilib qonuniylashtirish kerak

Ichki ishlar vazirligining hududiy boʻlinmalariga huquqiy maqomni tartibga solish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilish kerak.
Oʻz maqomini hal qilgan chet elliklar, RFda boʻlishga ruxsat berilgan muddat ichida, ishlash va vaqtinchalik yoki doimiy yashash uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirish uchun IIVning hududiy organlariga murojaat qilishlari mumkin.

Ulgurmaganlar esa...

Huquqiy maqomini belgilangan tartibda hal qilmagan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan Rossiya Federatsiyasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq maʼmuriy choralar qoʻllaniladi - deyilgan politsiya xabarida.

Huquq-tartibot organlari fuqarolarga migratsiya boʻlinmalariga oldindan murojaat qilishni maslahat berishdi.
Avvalroq, chet elliklar noyabr oyida Putilkovodagi migratsiya markazining yopilishi haqida ogohlantirilgandi - uni “Saxarovo” koʻp tarmoqli migratsiya markazi bilan birlashtirishga qaror qilindi.
Chet elliklarni boshqa oʻzgarishlar ham kutmoqda: RF IIV migrantlarning Rossiyada boʻlish qoidalarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini taqdim etdi.
Masalan, Rossiya Federatsiyasiga kelgan vaqtda mehnat migrantlari "qonun qoidalarga rioya qilish shartnomasi" ni imzolashga majbur boʻladi.
Bundan tashqari, ishlash uchun kelgan chet el fuqarolari ichida daktiloskopiya maʼlumotlari boʻlgan ID-kartani olishlari kerak boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala