Siyosat

Oʻzbekiston Afgʻonistonga tranzit yuklari muammosini hal etishda yordam beradi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGruzovыe mashinы v moment razgruzki na uzbeksko-afganskoy granitse
Gruzovыe mashinы v moment razgruzki na uzbeksko-afganskoy granitse - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.09.2021
Afgʻon tomonining iltimosiga binoan Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegaraoldi hududlari boshqaruv idoralari vakillaridan iborat ishchi guruhlarining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
TOSHKENT, 28 sen – Sputnik. 27 sentyabr kuni Termiz shahrida Surxondaryo va Balx viloyatlari hokimlari boshchiligida Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegaraoldi hududlari boshqaruv idoralari vakillaridan iborat ishchi guruhlarining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, tadbir afgʻon tomonining iltimosiga binoan Afgʻonistonga import mollarini tranzit tashuvi bilan bogʻliq masalalarni hal etish maqsadida tashkil etildi. Muloqot dastavval eng zarur xalq isteʼmol tovarlari – oziq-ovqatlar, dori-darmon, tibbiy anjomlar, kiyim-kechak va yoqilgʻi xususida borgan.
“Uchrashuvda muhokama etilgan masalalar, jumladan, Afgʻonistonda yuzaga kelgan ogʻir gumanitar vaziyat davrida mamlakatga yuklarni yetkazib berish va tranzit oʻtkazishda mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha kelishuvga erishildi”, - deyilgan xabarda.
Yigʻilish soʻnggida tomonlar eng dolzarb chegaraoldi masalalari yuzasidan ishchi aloqalarini davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Situatsiya v gorodke Xayratan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.09.2021
Jamiyat
Oʻzbekiston Afgʻonistonga 1,3 ming tonna insonparvarlik yordami joʻnatdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala