O‘zbekiston Afg‘onistonga tranzit yuklari muammosini hal etishda yordam beradi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGruzovie mashini v moment razgruzki na uzbeksko-afganskoy granitse
Gruzovie mashini v moment razgruzki na uzbeksko-afganskoy granitse - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2021
Obuna bo‘lish
Afg‘on tomonining iltimosiga binoan O‘zbekiston va Afg‘oniston chegaraoldi hududlari boshqaruv idoralari vakillaridan iborat ishchi guruhlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 28 sen – Sputnik. 27-sentabr kuni Termiz shahrida Surxondaryo va Balx viloyatlari hokimlari boshchiligida O‘zbekiston va Afg‘oniston chegaraoldi hududlari boshqaruv idoralari vakillaridan iborat ishchi guruhlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, tadbir afg‘on tomonining iltimosiga binoan Afg‘onistonga import mollarini tranzit tashuvi bilan bog‘liq masalalarni hal etish maqsadida tashkil etildi. Muloqot dastavval eng zarur xalq iste’mol tovarlari – oziq-ovqatlar, dori-darmon, tibbiy anjomlar, kiyim-kechak va yoqilg‘i xususida borgan.
“Uchrashuvda muhokama etilgan masalalar, jumladan, Afg‘onistonda yuzaga kelgan og‘ir gumanitar vaziyat davrida mamlakatga yuklarni yetkazib berish va tranzit o‘tkazishda mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi”, - deyilgan xabarda.
Yig‘ilish so‘nggida tomonlar eng dolzarb chegaraoldi masalalari yuzasidan ishchi aloqalarini davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Situatsiya v gorodke Xayratan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2021
O‘zbekiston Afg‘onistonga 1,3 ming tonna insonparvarlik yordami jo‘natdi
Yangiliklar lentasi
0