O‘zbekiston qutqaruvchilari xalqaro musobaqada ishtirok etishdi

© MChS UzbekistanaKomanda MChS Uzbekistana prinyali uchastie na mejdunarodnix ucheniyax "Kazspas-2021"
Komanda MChS Uzbekistana prinyali uchastie na mejdunarodnix ucheniyax Kazspas-2021 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2021
Obuna bo‘lish
Musobaqalarda qutqaruvchilar birdamlik va yuqori professionallikni namoyish etishdi.
TOShKENT, 28 sen - Sputnik. O‘zbekiston FVV qutqaruvchilari Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan xalqaro musobaqada 3-o‘rinni egallashdi, deb xabar qilmoqda muassasa matbuot xizmati.
Qozog‘istonda 23-27 sentabr kunlari bo‘lib o‘tgan "Jer-2021" qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari va "Kazspas-2021" qutqaruv yig‘in-seminari doirasida xalqaro qutqaruv ko‘pkurashi hamda harbiy uchkurash qutqaruv musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Musobaqalar doirasida ishtirokchilar “Texnogen ofatlar sharoitida qidiruv-qutqaruv ishlari”, “suvda qidiruv-qutqaruv ishlari” va “tabiiy muhitda qidiruv-qutqaruv ishlari”yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Bellashuda qutqaruvchilar birdamlikni va favqulodda vaziyatlarda qutqaruv ishlarini o‘tkazishda yuqori professionallikni namoyish etishdi.
Musobaqa natijalariga ko‘ra O‘zbekiston FVV qutqaruvchilari jamoaviy 3 o‘rinni, G‘arbiy Qozog‘iston viloyati tezkor qutqaruv bo‘linmasi 2- o‘rinni hamda Qozog‘iston Respublika tezkor qutqaruv otradi jamoasi - 1 o‘rinni egallashdi. Musobaqalar yakunida g‘oliblarga diplom, kubok va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Ushbu musobaqada O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Respublika tezkor qutqaruv otradi va G‘arbiy Qozog‘iston tezkor qutqaruv otradi hamda harbiy qismlari harbiy xizmatchilari va qutqaruvchilar jamoalari ishtirok etishdi.
Yangiliklar lentasi
0