Jamiyat

Oʻzbekistonda ikki fuqarolik uchun javobgarlik belgilanmoqda

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtishVыborы prezidenta Uzbekistana
Vыborы prezidenta Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.09.2021
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan chet davlat fuqaroligini olgani haqida belgilangan muddatda xabar bermaganligi uchun javobgarlik kiritiladi
TOSHKENT, 28 sen - Sputnik. Oʻzbekistonda ikki fuqarolik uchun javobgarlik belgilanmoqda, deb xabar berdi Migratsiya agentligi matbuot-xizmati.
Xabarda taʼkidlanishicha, baʼzi xorijiy davlatlarda ikki fuqarolik qonun bilan taqiqlanmagani sababli amaliyotda Oʻzbekiston fuqarolari orasida chet mamlakat fuqaroligini qabul qilish holatlari uchramoqda.
Vыdacha vidov na jitelstvo i razresheniy na vremennoye projivaniye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.01.2021
Oʻzbekiston IIV ikkinchi fuqarolikni olgan shaxslar borasida qoʻshimcha izoh berdi
"Amaldagi qonunlarga asosan, fuqarolarda ushbu fakt yuzasidan davlat organlariga xabar berish majburiyati mavjud emas. Kelgusida bu kabi holatlarga yoʻl qoʻymaslik va fuqarolarning masʼuliyatini oshirish maqsadida Qonunchilik palatasi yalpi majlisida "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi qonuni loyihasi maʼqullangan", - deyiladi xabarda.
Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilmoqda:
- Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligida boʻlgan va chet davlat fuqaroligini olgan shaxslarni, chet davlat fuqaroligini qabul qilgan kundan boshlab 30 kalendar kuni ichida xabar berish tartibi joriy qilinadi;
Pasport grajdanina Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.12.2020
Siyosat
Oʻzbekistonda 15 yil muqim yashaganlarga toʻgʻridan-toʻgʻri fuqarolik beriladi
- Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan chet davlat fuqaroligini olgani haqida belgilangan muddatda xabar bermaganligi uchun javobgarlik kiritiladi;
- Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi tugatilgan shaxs tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi pasporti yoki identifikatsiya ID-kartalaridan foydalanganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanadi;
- davlat xizmatchilari yoki hokimiyat vakili vazifalarini bajaradigan yoki davlat organlarida tashkiliy-boshqaruv yoxud maʼmuriy-xoʻjalik funktsiyalarni bajaradigan Oʻzbekiston fuqarolari tomonidan chet davlat fuqaroligini olgani haqida belgilangan muddatda xabar bermagani uchun javobgarlik belgilanadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader