Jamiyat

Oʻzbekistonda ikkinchi va undan keyingi taʼlimni olish tartibi qanday

© Pexels / PixabayBukvы "ucheba"
Bukvы ucheba - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.09.2021
Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim boʻyicha qabul parametrlari OTM kengashi tomonidan belgilanadi.
TOSHKENT, 28 sen – Sputnik. Hukumatning 2021 yil 24 sentyabrdagi 606-sonli qarori bilan Oliy taʼlim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi taʼlimni olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.08.2021
Iqtisod
Toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun taʼlim kreditlarini ajratish tartibi belgilandi
Unga koʻra, oliy maʼlumotga ega boʻlgan bakalavr (diplomli mutaxassis) darajasiga ega shaxslar bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olishlari mumkin.
Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim boʻyicha qabul parametrlari OTM kengashi tomonidan belgilanadi.
Oʻqishga kirish uchun abituriyentlar har yili 10 iyuldan 10 avgustgacha (shu kuni ham) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus elektron tizim orqali roʻyxatdan oʻtadi.
Qabul tartibi (kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon oʻtkazish muddatlari) har yili 1 iyulgacha OTM rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Qabul natijalari har yili 30 avgustgacha OTM tomonidan eʼlon qilinadi. Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimda oʻqish 2-kursdan boshlanadi. Bunda oʻqish davomiyligi tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun belgilangan muddatdan bir yilga kam etib belgilanadi.
Nizom oliy harbiy taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Mazkur tartib 2022 yil 1 maydan kuchga kiradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala