Qashqadaryolik ota 2 yoshli o‘g‘lini urib, ko‘zlarini o‘yib olmoqchi bo‘ldi

© Pixabay / PavlofoxKulak, illyustrativnoe foto
Kulak, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2021
Obuna bo‘lish
Bolaning chap ko‘ziga noto‘g‘ri maz surtish oqibatida ko‘z qorachig‘i qattiq shikastlangan
TOShKENT, 28 sen – Sputnik. Qashqadaryoda ota 2 yoshli o‘g‘lini urib, ko‘zlarini o‘yib olmoqchi bo‘lgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, 25-sentabr kuni viloyat IIB 102 operatoriga Dehqonobod tumanida yashovchi uy bekasi J.S. qo‘ng‘iroq qilib, o‘g‘li E. X.ni eri D.Sh. urib tan jarohati yetkazganini va jabrdiyda hozirda Respublika shoshilinch tibbiy ilmiy markazi Qashqadaryo filialining reanimatsiya bo‘limida yotganini aytadi.
Ayolning hikoya qilishicha, o‘qituvchi bo‘lib ishlaydigan turmush o‘rtog‘i o‘sha kuni ishdan kelganida, o‘g‘lini ko‘rpachaga yotqizib, "dadasi qarab turar" degan umidda, daladan kelgan sigirni molxonaga qamash uchun tashqariga chiqib ketadi.
Draka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2021
Namanganda rashkchi erkak ayoli bilan suhbatlashgan tanishini kaltakladi
Oradan yigirma daqiqa o‘tar-o‘tmas, uyga qaytganida eri 2 yoshli bolani urib, boz ustiga noto‘g‘ri maz surkab, norasidaning ko‘zlarini ko‘rmaydigan darajaga olib kelib qo‘yganiga guvoh bo‘ladi.
"Bolamni bo‘g‘gan, kalla qismiga urib tikuv moshinasiga qarab uloqtirgan. Kelsam, hushdan ketib qolgan bolamni ko‘rpachaga to‘g‘ri qilib yotqizib qo‘yibdi. Bolam ko‘karib, muzlab qolgan ekan", - deb o‘sha kungi hodisani yodga oladi ayol.
Ona o‘g‘lini hushiga keltirishga harakat qiladi, biroq eridan qo‘rqqani sababli tong otishini kutib, hodisa haqida hech kimga xabar bermaydi.
Eri ishga ketgach, ukasini yordamga chaqiradi va u bilan birga bolani bolnitsaga olib boradi.
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, erining oldingi oilasidan ham farzandlari bor va u ularga nisbatan ham zo‘ravonlik qilib kelgan.
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2021
Qashqadaryoda ota mast holatda o‘g‘lini temir bo‘lagi bilan urib o‘ldirdi
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali reanimatsiya bo‘limi ma’lumotnomasida voyaga yetmagan E.X. ning tanasida qo‘shma shikastlanish, bosh miyaning lat yeyishi, yuz sohasini o‘ng tomoni shilinmasi, bo‘yin oldingi yuzasida usti po‘stloqlashgan terini tirnalgan jarohati, shu sohalarda yumshoq to‘qimaning lat yeyishi ko‘rinishidagi jarohatlar borligi ko‘rsatilgan. Okulist ko‘rigiga ko‘ra, ko‘zda jarohat borligi, jumladan, noto‘g‘ri maz surtilishi oqibatida ko‘z qorachig‘i shikastlangani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0