Kolumnistlar

"Qora yovuzlik" Yevropada rekordlar oʻrnatmoqda

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Fotobankka oʻtishShaxter pokazыvayet ugol. Arxivnoye foto
Shaxter pokazыvayet ugol. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.09.2021
Gaz narxi 800 Yevroga chiqishi ortidan Yevropada koʻmir ham yangi rekordlar oʻrnata boshladi. Hammasiga sabab "yashil energetika".
Ushbu xabarga mashhur shvetsiyalik eko-faol qizcha (Greta Tunberg) qanday munosabat bildirganini aniq bilmaymiz, lekin Gʻarb ommaviy axborot vositalari Yevropada koʻmir narxi yangi rekord oʻrnatganini afsus bilan qayd etmoqda.
Rotterdam, Amsterdam va Antverpen birjalarida elektr ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bir metr/tonna yoqilgʻi uchun soʻzsiz 137 dollar toʻlamoqdalar. Vaholanki, kechagina insoniyatning eng progressiv qatlami koʻmirni, eng ekologik iflos yonilgʻi sifatida, axlat qutisiga tashlashga tayyor boʻlib turgandi. Koʻmir bozorining qayta tiklanishi tabiiy gaz narxi rekord darajaga chiqqani tufayli roʻy berdi. Anchadan beri, hech narsa sotib ololmay “och” oʻtirgan operatorlar esa darhol uni sotib olishni boshladi. Vaziyat shunchalik jiddiyki, ayni damda koʻmir sanoatini tugatish rejalarini qayta koʻrib chiqish haqida gap ketmoqda. Masalan koʻmirli IES operatori boʻlgan Britaniyaning Drax, kompaniyasi, energetik xavfsizlik uchun kerak boʻlsa, elektr stantsiyani ekspluatatsiyadan chiqarishni ortga surishi mumkinligini xabar berdi. Ushbu bayonotning oʻziga yarasha asosi ham bor ekan: London yoz oʻrtalaridan boshlab elektr uchun kerak boʻladigan koʻmir sanoatining ortiqcha xarajatlarini davlat byudjetidan qoplab kelayotgan ekan.
Vaziyat sekin asta yomonlashib bormoqda va yevropalik tahlilchilar buni oxirgacha toʻldirilmagan yer osti gaz omoborlari bilan, hamda bir Avstraliya, Janubiy Afrika va Kolumbiyadan tekorlik bilan koʻmir sotib olib imkoniyati yoʻqligi tufayli ham ogʻlashmoqda. Aytmoqchi, soʻnggi vaqtlarda, Rossiyadan ham koʻmir juda kam olib kelinmoqda. Bu esa aynan Yevropa jamoasi xoxishi bilan sodir boʻlgandi. YEI 1990 yildan boshlab koʻmirdan foydalanish hajmini qisqartirib kelmoqda.
Ekspert Finansovogo universiteta pri Pravitelstve RF, veduщiy analitik Fonda natsionalnoy energeticheskoy bezopasnosti Igor Yushkov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.09.2021
Analitika
Yushkov: Yevropa Rossiya gazidan voz kechishi mumkinmi?
Vaziyatning kulguli tomoni shunda-ki, koʻmir isteʼmoli hajmi qanchalik tez kamaygan boʻlsa, bugun oʻsha yerda elektr narxi shuncha oshmoqda. Bunga eng yorqin misol – Germaniya. Eng boy koʻmir konlaridan biri– Rur koʻmir basseyni egasi boʻlgan ushbu davlat, koʻmir isteʼmolini qisqartirib yubordi. Ishlab chiqarish hajmi soʻnggi 4 yil ichida yiliga 170 million tonndan do 120tonnagacha tushib ketdi.
Bugun, “Shimoliy oqim-2”ni sertiyafikatsiya qilish sanasi maʼlum boʻlmay, gaz narxi 800 dollarga chiqqan bir vaqtda kelgusi yilda 1 megavatt-soat energiya narxi 100 Yevroga yaqin boʻlishi kutilmoqda.
Energetika bozoridagi ushbu tushunarsiz vaziyat, elektr energiyasi ishlab chiqish narxlarining keskin oʻzgarishi “qora oltinni” orqaga qaytarishga majbur qilmoqda. Bir qarashda bu mumkin emasdek tuyulsa-da, lekin bu alodoqchi tuygʻu.
Gap shundaki, koʻmir bozoriga hujumlar bugundan boshlangani yoʻq. Unga hujumlar bir necha yil oldin boshlangan. Aniqrogʻi oʻtgan asrning 60-70 yillarida Gʻarbda “Yetti opa” nomli neft ishlab chiqaruvchilar karteli davridan boshlangan edi. Hozirgi neft gigantlari Ularning avlodlari desa boʻladi. British Petroleum, Chevron, Royal Dutch Shell va ExxonMobil, kompaniyalarini ularning avlodlari desak boʻladi.
Aynan mana shu kompaniyalarning “ota-bobolari” 60 yil oldin koʻmir qazib olishga ixtisoslashgan kompaniyalarga qarshi eng ommaviy tayziq oʻtkaza boshlagan edi. Vaholanki, aynan koʻmir insoniyatga sanoat revolyutsiyasini va ikkita urushni boshdan kechirishga yordam berib, dunyo farovonligi asosiga aylangan edi. Oʻsha vaqtda yonilgʻi bozorida ikkinchi oʻrinda boʻlgan neft boʻlsa, yangi energetik moʻjizadek taqdim etila boshlangan edi.
Vыveska avtomobilnoy gazonapolnitelnoy kompressornoy stantsii (AGNKS) Gazprom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.08.2021
Rossiya
"Gazprom" Yevropa omborlariga joʻnatilayotgan gaz hajmini qisqartirdi
Turli-tuman yashirin fitnalar oqibatida yetakchi koʻmir kompaniyalari bozorda oʻz oʻrnini yoʻqotib, birin-ketin poygadan chiqa boshladi. Kimdir oʻz aktivlarini neft kompaniyalariga sotib ketgan boʻlsa, boshqalar imi jimida suiqasd qilishdi. 1980 yillarga kelib neft dunyo iqtisodining “yangi qoniga” aylandi.
Bizning davrimizda esa xuddi shunday maxinatsiya neftning oʻziga nisbatan qoʻllanildi. “Yashillar” xuddi oʻsha avvalgi sxemalar boʻyicha, OAV orqali doimiy tarqatib turilayotgan turli “jazavasimon” yashil xabarlar orqali insoniyatni qurqarish, ozon qatlamidagi tuynuklarni yopish va muqobil energiya manbaalariga oʻtishga daʼvat qila boshlandi.
Keng ommaga muqobil energiya hali endi birinchi qadamini qoʻyayotgani va uglevodorod energiyasi kabi samaradorlik darajasiga yetmaganini tushuntirish – juda mushkul. Minglab norozi ovozlar bunga darrov qarshi boʻladi. Orqaga ozgina nazar tashlansa, endigina neft va gazga moslashgan energetika bozori muqobil energetika kelishi bilanoq tebrana boshlanganini koʻrish mumkin. Muqobil energetika boʻlsa, harorat iqlim normalaridan biroz oʻzgarishi bilanoq, katta hududlarda svet oʻchishiga olib keldi. Masalan, shu yil qish va yoshda AQSH janubida.
Oʻtgan yil zamonaviy trendlarga qiziquvchilarga fizika qonunlarini va ajdodlarimiz bizdan koʻra axmoqroq boʻlmaganini yana bir bor eslatib qoʻydi. Quyosh panellari va shamol elektr stantsiyalari faqat ular ishlashiga mos sharoit boʻlsagina ishlashini koʻrsatdi. Neft va gazning narxi boʻlsa doimo birjada sakraydi, ularni saqlash uchun qimmat quvurlar, omborxonalar va kimyo kombinatlari talab qiladi. Mana shu qiyinchiliklar global muammoga aylangan zamonda, insoniyat yana oʻsha eski qadrdon koʻmirga murojaat qildi. Koʻmir oʻziga koʻp eʼtibor talab qilmaydi, vaqti kelguncha shtabellarda, shaxta hovlilarida port va omborlarda kutib tura oladi. Har qanday ob-havoda oddtiy kema tryumida saqlanishi mumkin va kerak boʻlganda dunyoning istalgan nuqtasiga yoʻl olishi mumkin. Uni xoh uyda pechkada ishlating hoh elektr stantsiyasida yoki pulat quyish tsexida.
Stroitelstvo vetroparka v Adыgeye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.09.2021
Kolumnistlar
Yevropa Rossiyani "sovuq eksport qilishda" ayblamoqda
Odatda, Rossiyani dunyodan ortda qolgani uchun tez-tez urishib turishadi, lekin bu koʻmir borasida biz faqat xursand boʻlishimiz mumkin.
Yaqinda ekologlar va muqobil energetika tarafdorlari Xitoyning xorijda koʻmir ishlab chiqarish loyihalarini tugatish haqidagi xabardan juda xursand boʻlishigan edi. Shundayligi toʻgʻriku-ya, lekin Xitoy oʻz hududi ichida koʻmir sanoatini toʻxtatish haqida oʻylab ham koʻrayotgani yoʻq. Balkim aksincha.
Xitoy Kommunistik partiyasining yaqin besh yillik rejasiga koʻra, mamlakatda uchta yangi koʻmir IESi, 18ta soʻnggi avlod domna pechlar qurishni rejalashtirgan. Aytish joizki Xitoy ayni damda bir yilda 4,98 milliard tonna koʻmir yoqadi. Koʻmir yordamida bir yilda ishlab chiqarilayotgan energiya miqdori 1 080 gigavattni tashkil qiladi. Eʼtibor bering, bu Rossiyaning barcha AES, GES va boshqa elektr stantsiyalari ishlab chiqarayotgan energiyadan koʻp.
Ikkinchi tomondan Xitoyda koʻmir qazib olish miqdori sekin-asta kamayib bormoqda, Avstraliya bilan munosabatlar esa tarixiy eng past nuqtaga yetgan — bularning barchasi Rossiya uchun yangi imkoniyatlar yaratadi...
Buni davlat rahbarlari ham tushunib turganini koʻrish mumkin. Bir oy oldin Baykal-Amur magistralining Ulak va Fevralsk orasida joylashgan muammoli sharqiy yoʻnalishini taʼmirlash ishlari boshlangan edi. Ushbu ishlarni bajarish uchun bosh va yagona pudratchi etib Mudofaa vazirligi tayinlandi. Dastlab uzunligi 340 km boʻlgan yoʻlni modernizatsiya qilish 2024 yilda tugatilishi rejalashtirilgan edi, lekin Mudofaa vaziri oʻrinbosari general Buldakov va temir yoʻl qoʻshinlari barcha ishlarni bir yil oldin yakunlashini maʼlum qildi.
Vankorskoye neftegazovoye mestorojdeniye v Krasnoyarskom kraye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.07.2021
Kolumnistlar
Yangi neft vasvasasi yoki qora oltin narxi oshishidan Rossiya qancha foyda oladi
Vladimir Putin Sharqiy iqtisodiy forum doirasida 3 sentyabr kuni keng ommaga BAM yoʻnalishida yangilash rejalashtirilayotgan aholi punktlari roʻyxati tayyorligini maʼlum qildi. Bularning barchasi xuddi Moskvada boʻlgan yangilashni eslatdi va Rossiya Sharqqa yuz tutayotganini anglatadi. Demak, Kuzbass koʻmiri Osiyo va Tinch Okeani bozorlariga yoʻl oladi.
Umuman olganda Yevropa ham fizika qonunlarini esga olishi va oʻzi ishlab chiqarayogan energiyani muvofiqlashtirishi mumkin. SHU vaqtning oʻzida Rossiyanig Ust-Lug shaharchasida koʻmir terminali qurib bitkazilmoqda. Kemerovo shaxtyorlari esa, kerak boʻlsa ishlab chiqarishni jon deb oshirishadi. Sahnaga yana biror yashil energetika kuychisi chiqib qolmasa boʻldi. Axir oʻtgan 100 yillikda bunday holat ikki marotaba kuzatildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala