Migratsiya

Samarada oʻzbekistonlik migrantlarning qariyb 700 ming rubl maoshi undirib berildi

© Sputnik / Vladimir TrefilovRubl
Rubl - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.09.2021
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Samarada ishlagan 9 nafar oʻzbekistonlikning 685 ming rubl miqdordagi maoshini undirib berdi.
TOSHKENT, 28 sen – Sputnik. Rossiyaning Samara viloyati Chernorechye shaharchasidagi issiqxonada ishlagan oʻzbekistonlik mehnat migrantlarining berilmayotgan 685 ming rubl maoshi undirib berildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Agentligining Samaradagi vakolatxonasi xodimlari joriy yilning 17-25 sentyabr kunlari Oʻzbekiston fuqarolari ishlayotgan issiqxonalarga tashrif buyurib, mehnat va ish sharoitlarini oʻrgangan.
“Oʻrganishlar natijasida 9 nafar mehnat migrantining berilmayotgan 685 ming rubl maoshi undirib berildi. Qolgan yurtdoshlarimizning ish haqlari qaytarilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Taʼkidlanishicha, hozir maoshini olgan fuqarolar ish joylaridan Oʻzbekistonga qaytmoqda.
Avvalroq Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Chernorechyedagi issiqxonalarda ishlayotgan 31 nafar oʻzbekistonliklarning pasportlarini olib berib, maoshlari toʻliq toʻlanishini nazoratga olgan edi.
Krыlo samoleta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.09.2021
Migratsiya
Rossiyada qiyin ahvolda qolgan oʻzbekistonliklar vatanga qaytarildi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala