Jamiyat

Samarqandda bir guruh fuqarolar gaz yoʻqligi sababli norozilik bildirib, yoʻlni toʻsib qoʻydi

© GUVD g. TashkentaAvtomobil pravooxranitelnыx organov Uzbekistana na meste DTP
Avtomobil pravooxranitelnыx organov Uzbekistana na meste DTP - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.09.2021
Norozilik ishtirokchilarining ikki nafari 5 sutkaga qamalgan, 11 nafariga jarima tayinlangan
TOSHKENT, 28 sen - Sputnik. Samarqand viloyati Samarqand tumanida kuni kecha 13 nafar fuqaro xonadonlarida tabiiy gaz yoʻqligidan norozilik bildirib, yoʻlni toʻsib qoʻygan. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.
""Yangiariq-1" MFY, Chungul koʻchasida yashovchi 13 nafar fuqaro tabiiy gaz yoʻqligidan norozilik bildirib, Samarqand M-37 avtomobil yoʻlining 8—9-kilometrida yoʻlning qatnov qismiga chiqib, yoʻlni toʻsib qoʻygan", - deyiladi xabarda.
Xabarda taʼkidlanishicha, ushbu mahalla 2015 yilda Vazirlar Mahkamasi qarori asosida tabiiy gaz tarmogʻidan uzilib, suyultirilgan gaz ballonlari bilan taʼminlanishi yoʻlga qoʻyilgan.
Besporyadki v tulskom poselke Plexanovo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.09.2021
Hodisalar
Samarqandda "tadbirkorlar" salkam 3 milliard soʻmlik gaz oʻgʻirlashdi
Norozilik bildirib chiqqan fuqarolar istiqomat qiluvchi mahallaga Samarqand tumani gaz taʼminoti boʻlimi tomonidan oxirgi marotaba 2021 yilning 29 iyul kuni suyultirilgan gaz ballonlari tarqatilgan.
Mazkur fuqarolar Samarqand tuman hokimiyati binosiga olib kelinib, tuman hokimi, viloyat va tuman IIB rahbariyati hamda mutasaddi tashkilot xodimlari tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Ushbu holat yuzasidan Samarqand tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, toʻplangan hujjatlar mazmunan koʻrib chiqish uchun Jinoyat ishlari boʻyicha Samarqand tumani sudiga yuborildi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Samarqand tumani sudining 27 sentyabr kunidagi qarori bilan 13 nafar shaxsga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) hamda 201-moddasi (yigʻilishlar, mitinglar, koʻcha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, oʻtkazish tartibini buzish)da nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilib, maʼmuriy javobgarlikka tortildi.
Huquqbuzarlikning ikki nafar tashkilotchisiga 5 sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan boʻlsa, qolgan 11 nafar huquqbuzarga nisbatan jarima jazosi tayinlangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala