Surxondaryoda YPX xodimini kapotida sudragan haydovchi hibsga olindi

© Depositphotos.com / Alexander RathsMolodoy chelovek v naruchnikax
Molodoy chelovek v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2021
Obuna bo‘lish
Qumqo‘rg‘on tumani Surxon sohili mahallasida haydovchi xodimning qonuniy talabini bajarmasdan, avtomobilini inspektorning ustiga boshqargan.
TOShKENT, 28 sen – Sputnik. Surxondaryoda YPX inspektorini kapotida sudrab ketgan “Lacetti” haydovchisiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda 27-sentabr kuni Surxondaryoda “Lacetti” haydovchisi Yo‘l patrul xizmati xodimini mashina kapotida haydab ketgani aks etgan video tarqalgan edi.
YHXBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu voqea 13-sentabr kuni Qumqo‘rg‘on tumani Surxon sohili mahallasida ro‘y bergan. YPX xodimi yo‘lning qatnov qismiga to‘xtagan “Lacetti” haydovchisiga to‘xtash qoidasini buzganligini aytib, tegishli hujjatlarini taqdim qilishini so‘ragan.
Haydovchi xodimning qonuniy talabini bajarmasdan, avtomobilini inspektorning ustiga boshqargan. Xodim qochishga ulgurmasdan avtomobilning kapotida osilib qolgan. Avtomobil taxminan 3,4 kilometr masofagacha harakatlangandan so‘ng xodim yerga qulab tushgan.

YPX xodimi tan jarohati bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Tuman prokuraturasi holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0