Toliblardan yangi qoidalar: afg‘on ayollariga yevropacha soch turmaklatish man etildi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishSituatsiya v Afganistane posle smeni vlasti
Situatsiya v Afganistane posle smeni vlasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2021
Obuna bo‘lish
Qoidalar va normativlar ro‘yxati 16 punktdan iborat. Ularning aksariyat qismi ayollarga qo‘yilgan cheklovlardir
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Endilikda afg‘on ayollariga "amerikancha" va "fransuzcha" soch turmaklatish taqiqlangan, ular shuningdek, uydan hijobsiz chiqa olmaydi.
Bu qoidalar "Tolibon"* harakati e’lon qilgan yangi normalarda o‘z aksini topgan.
Jumladan, hujjatga muvofiq, ayollarga "amerikancha" va "fransuzcha" soch turmaklatish man etilgan, ular uydan tashqarida va transportda hijobsiz bo‘lishlari mumkin emas. Agar ushbu qoidaga amal qilinmasa, ayolning qonuniy vakili javobgarlikka tortiladi. Shuningdek, hijobsiz mehmondorchilikka borish ham man etilgan.
Parad spetsialnogo otrada talibov pod nazvaniyem Mansuri v provinsii Badaxshan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2021
Toliblar erkaklarga soqol olishni taqiqladi
Ayollar kamerali telefonga ega bo‘lishlari mumkin emas, shuningdek, afg‘onlarga telefonda "nomaqbul" narsalarni saqlash ham taqiqlangan. Erkaklar soqol oldirishlari mumkin emas.
Shuningdek, afg‘onlarga to‘y, Yangi yil va Qurbon-bayramlarda bir-biriga sovg‘a ulashish man etilgan.
To‘ylarga bog‘liq cheklovlarning yana bir qismi: to‘yda o‘q uzish man etilmoqda, tantanali tadbirda dasturxonga guruch, gorme(taom nomi) va non qo‘yishga ruxsat berilgan, xolos.
Shuningdek, to‘y o‘tib bo‘lgandan keyin uni nishonlashni davom ettirish taqiqlangan.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchi tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0