Xorijiy davlatlar harbiylari O‘zbekistonda ta’lim olishi mumkin - yangi qonun

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaSili PVO Uzbekistana provodat uchebnie sbori na granitse s Afganistanom
Sili PVO Uzbekistana provodat uchebnie sbori na granitse s Afganistanom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2021
Obuna bo‘lish
Xorijiy harbiylar O‘zbekiston Oliy harbiy ta’lim muassasalarida "bakalavriat", "magistratura" hamda "doktorantura" dasturlari bo‘yicha ta’lim olishlari mumkin.
TOShKENT, 28 sen - Sputnik. Bundan buyon xorijiy davlatlar harbiylari O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tizimidagi harbiy ta’lim muassasalarida ta’lim olishi mumkin. Bu haqida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan20 sentabr kuni imzolangan 5247-sonli qarorda aytib o‘tilgan.
Hujjatga asosan Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalarida (OHTM) xorijiy harbiy kadrlar bilan ishlash bo‘limlari tashkil etiladi. Qonun bilan bir vaqtda tasdiqlangan Nizomda, xorijiy harbiy kadrlarini o‘qitish, tartibi va uni moliyalashtirish, shuningdek xorijiy harbiy kadrlarning huquq va majburiyatlari belgilangan.
OHTMda xorijiy davlatlar harbiy kadrlarining ta’lim olishi xorijiy davlatlarning rasmiy murojaatiga asosan Mudofaa vazirligi tomonidan Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi bilan kelishilgan holda tashkil etiladi. U belgilangan tartibda tuziladigan ikki tomonlama xalqaro shartnomalarga muvofiq beg‘araz, imtiyozli hamda to‘lov asosida OHTMning kursantlari, tinglovchilari va doktorantlari uchun amalga oshiriladi.
OHTMda xorijiy harbiy kadrlar uchun yillik qabul kvotalari Prezident tomonidan belgilanadi. Xorijiy harbiy kadrlarga ta’lim berish bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha olib boriladi.
O‘qishni belgilangan tartibda tugatgan xorijiy harbiy kadrlarga:
"leytenant" harbiy unvoni;
mutaxassisligi bo‘yicha toifa va diplom va ko‘krak nishoni taqdim etiladi;
Harbiy tibbiyot akademiyasini tamomlagan xorijiy harbiy kadrlarga "tibbiy xizmat leytenanti" harbiy unvoni va "harbiy vrach" mutaxassisligi bo‘yicha diplom va ko‘krak nishonlari taqdim etiladi, harbiy internaturani tamomlagach, navbatdagi "tibbiy xizmat katta leytenanti" harbiy unvoni va tegishli mutaxassisligi bo‘yicha guvohnoma beriladi;
OHTning "magistratura" darajasiga muvofiq (operativ-taktik, operativ-strategik darajasi) dastur bo‘yicha dasturlarini o‘zlashtirgan xorijiy harbiy kadrlarga - magistr darajasi, davlat namunasidagi diplom va ko‘krak nishonlari taqdim etiladi;
"doktorantura" dasturini tugatgan va belgilangan tartibda dissertatsiya himoya qilgan xorijiy harbiy kadrlarga tegishli fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi beriladi;
qisqa muddatli kurslarni tamomlagan xorijiy harbiy kadrlarga belgilangan namunadagi guvohnomalar (sertifikatlar) beriladi.
Xorijiy harbiy kadrlar OHTMga kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi, ta’lim o‘zbek va rus tilida kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0