Dunyoda

AQSH Mudofaa vazirligi “Al-Qoida”* hujumi tahdidini tan oldi

© AFP / JEWEL SAMADBoyeviki, zapreщennogo v RF, dvijeniya Taliban
Boyeviki, zapreщennogo v RF, dvijeniya Taliban - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.09.2021
General Mark Millining soʻzlariga koʻra, “Al-Qoida”* avvalgiday Afgʻonistonda qolmoqda va u yerda yangi kuch toʻplashi mumkin.
TOSHKENT, 29 sen – Sputnik. “Al-Qoida”* Afgʻonistonda qolmoqda va mamlakatga egallab olgan “Tolibon”* bilan aloqalari bor. Bu haqda AQSH Senatidagi yigʻilish vaqtida AQSH shtablari boshliqlarining birlashgan qoʻmitasi raisi general Mark Milli maʼlum qildi.
“Al-Qoida* avgust oʻrtalarida Afgʻonistonda edi va hali ham u yerda qolmoqda”, - dedi u.
Millining soʻzlariga koʻra, toliblar “Al-Qoida”* bilan aloqada boʻlib turibdi. Amerikalik general “Al-Qoida”* yoki ISHID* Afgʻonistonda yangi kuch toʻplab, AQShga tahdid qilishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Bыvshiye boyeviki Talibana nesut svoye orujiye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.06.2020
Dunyoda
BMT: “Tolibon” “Al-Qoida” bilan aloqalarni davom ettirmoqda
“Biz yodda tutishimiz darkorki, “Tolibon”* terrorchilik tashkiloti edi va shundayligicha qolmoqda. Ular hozirgacha “Al-Qoida”* bilan aloqalarni uzishmagan. <...> Biz AQSH xalqini Afgʻonistondan chiqayotgan terrorchilik hujumlardan himoya qilishimiz zarur”, - dedi u.
* Rossiya va koʻplab mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiltotlari
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala