Jamiyat

Bonus: kechki va sirtqi taʼlimda oʻqiyotgan talabalarga ham 10% chegirma beriladi

Studentka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.09.2021
Kechki va sirtqi taʼlimda oʻqiyotgan talabalarga ham, agar vaktsina olgan boʻlsa, 10% chegirma beriladi.
TOSHKENT, 29 sen — Sputnik. Koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaktsina olgan) sirtqi yoki kechki taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalarga ham 10 foiz chegirma beriladi.
Vaktsinatsiya v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.07.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi emlangan talabalarga kontrakt toʻlovida chegirma beriladi
Koʻpchilik talabalar va ularning ota-onalari hamda oliy taʼlim muassasalari rektorlarining murojaatlaridan kelib chiqib, oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining sirtqi yoki kechki taʼlim shakli boʻyicha bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan va tahsil olayotgan hamda 2021 yil 1 noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaktsina olgan) talabalarga 2021/2022-oʻquv yili uchun belgilangan stipendiyasiz bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga bir martalik 10 foiz chegirma (bonus) berilishi belgilandi.
Ilgariroq, koronavirusga qarshi ixtiyoriy ravishda emlangan toʻlov kontrakt asosida oʻqiydigan talabalarga tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, 2021/2022 oʻquv yili uchun bazaviy toʻlov kontraktiga 10 foiz miqdorida bir martalik chegirma bonusi berilishi haqida xabar berilgandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala