Bonus: kechki va sirtqi ta’limda o‘qiyotgan talabalarga ham 10% chegirma beriladi

© Pixabay / Anastasia GeppStudentka
Studentka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2021
Obuna bo‘lish
Kechki va sirtqi ta’limda o‘qiyotgan talabalarga ham, agar vaksina olgan bo‘lsa, 10% chegirma beriladi.
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) sirtqi yoki kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga ham 10 foiz chegirma beriladi.
Vaksinatsiya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.07.2021
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlangan talabalarga kontrakt to‘lovida chegirma beriladi
Ko‘pchilik talabalar va ularning ota-onalari hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlarining murojaatlaridan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining sirtqi yoki kechki ta’lim shakli bo‘yicha bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan va tahsil olayotgan hamda 2021-yil 1-noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) talabalarga 2021/2022-o‘quv yili uchun belgilangan stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga bir martalik 10 foiz chegirma (bonus) berilishi belgilandi.
Ilgariroq, koronavirusga qarshi ixtiyoriy ravishda emlangan to‘lov kontrakt asosida o‘qiydigan talabalarga tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, 2021/2022 o‘quv yili uchun bazaviy to‘lov kontraktiga 10 foiz miqdorida bir martalik chegirma bonusi berilishi haqida xabar berilgandi.
Yangiliklar lentasi
0