Analitika

"Katta syurpriz boʻlishi mumkin": Erdoʻgʻon va Putin uchrashuvidan nimalar kutilmoqda

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishPrezident RF Vladimir Putin i prezident Turtsii Redjep Tayip Erdogan (sleva) vo vremya press-podxoda po itogam rossiysko-turetskix peregovorov
Prezident RF Vladimir Putin i prezident Turtsii Redjep Tayip Erdogan (sleva) vo vremya press-podxoda po itogam rossiysko-turetskix peregovorov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.09.2021
Rossiya va Turkiya prezidentlari uchrashuvida Suriya, Afgʻoniston, Liviya va Kavkaz ortidagi vaziyat, hamda iqtisodiy hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.
TOSHKENT, 29 sen —Sputnik, Kseniya Melnikova. Bugun Sochiga Vladimir Putin bilan uchrashish uchun Turkiya prezidenti Toyib Erdoʻgʻon uchib kelmoqda. Ularning soʻnggi uchrashuvi bundan 2 yil oldin boʻlib oʻtgandi.
Bugungi uchrashuv mavzulari Suriyadagi, Afgʻoniston va Kavkaz ortidagi vaziyat va iqtisodiy hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.

Avvalombor Suriya

Turkiyaning Milliyet nashri yozishiga koʻra prezidentlar muloqotida birinchi navbatda Suriya masalasi muhokama qilinadi. Rossiya va Turkiyaning Suriya mavzusida oʻzaro kelishmovchiliklari anchagina koʻpayib qolgan.
Chunki sentyabr boshidan buyon Idlibda bir necha turk askarlari qurbon boʻldi. Turkiya va unga yondosh boʻlgan Suriya muxolifati Damashq va Moskvani bombaboʻronlarni kuchaytirishda ayblamoqda. Yana Putin bilan uchrashuv arafasida Turkiya Suriyaning Idlib viloyatiga 4000 nafar qushimcha askar yoʻnaltirgani haqida maʼlum boʻldi.
Ustiga ustak, uchrashuv arafasida Erdoʻgʻon amerikaning CBS telekanaliga Turtsiya Suriya hududida qochqinlar uchun 100 mingta gʻishtli uylar qurmoqda, “Boshqa davlatlar-chi, ular nima qilmoqda?” deb savol bergandi - bu Moskvaga “taʼna qilgandek” eshitildi.
Turetskiye voyska v Sirii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.09.2021
Dunyoda
Suriya Turkiyadan mamlakatdan qoʻshinlarni zudlik bilan olib chiqishni talab qildi
Eslatib oʻtamiz, 2020 yilning mart oyida boʻlib oʻtgan soʻnggi uchrashuvda Rossiya va Turkiya, Aleppo va Latakiyani bogʻlab turuvchi M4 shossesini birgalikda nazorat qilish haqida kelishib olishgandi. Ikkala tomon ham shartnomaga amal qilayotgan boʻlsa-da oʻzaro kelishmovchiliklar ham bor.

Uchrashuv oldidan

Uchrashuv oldidan ikkala tomon ham oʻz kuzirlarini kuchaytirishga harakat qilishdi. Putin Moskvada Suriya prezidenti Bashar asad bilan uchrashdi va ular Suriyada boʻlib turgan Turkiya va AQSH qoʻshinlarini tanqid qilishdi. Undan tashqari Rossiya Suriyaning janubiy Deraa viloyatida tinchlik oʻrnatishga muvaffaq boʻldi. Ayni damda Rossiya harbiylari Deraa-al-Balad shagʻrini nazorat qilib turmoqda.
Erdoʻgʻon boʻlsa, BMT minbaridan turib Qrim haqidagi keskin nutqidan soʻng, AQSH prezidenti Jo Bayden bilan uchrashdi. Lekin uchrashuv unchalik muvaffaqiyatli boʻlmadi shekilli. Bu haqida samolyot bortidayoq u jernalistlarga aytib berdi.
“Amerikalik hamkasabam Jo Bayden bilan hamkorligimiz boshidan yaxshi boʻlmadi. U Suriyadagi terrorchi tashkilotlarga qurol-aslaha, oʻq-dori va kiyim-bosh yetkazib bera boshladi. Biz bunga befarq qarab tura olmaymi”, - dedi Erdoʻgʻon.
Terrorchilar deganda, Erdoʻgʻon Suriya shimolidagi “Xalq mudofaa kuchlari” hamda “Qurdiston ishchi partiyasi”ni nazarda tutmoqda.

Boshqa mavzular

Putin va Erdoʻgʻon uchrashuvida, albatta, Liviyadagi vaziyatni ham muhokama qilishadi. Eslatib oʻtamiz u yerda hozir fuqaro urushi boʻlmoqda va prezident saylovlari yaqinlashib kelmoqda. Liviyada 24 dekabrda mamlakat yangi tarixida ilk bor preziden saylovlari boʻlib oʻtadi. Unda sobiq prezident Muammar Kaddafining oʻgʻli ham ishtirok etishi kutilmoqda.
Amerikanskiye voyennыe na ucheniyax NATO - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.01.2020
Analitika
AQSH yana bir davlatni talamoqchi. U Rossiyadan qurol sotib olishni oʻylab qoldi
Togʻli Qorabogʻ mavzusi ham muhokama qilinadi. Oʻtgan yili Armaniston va Ozarbayjon orasida 1,5 oy davom etgan urushdan soʻng ushbu hududga Rossiya tinchlikparvar kuchlari kiritilgan edi. Shundan soʻng bu yerda Rossiya-Turkiya oʻt ochishni nazorat qiluvchi markazi ishga tushdi. Lachin koridori boʻylab esa tinchlikparvar kuchlar joylashtirildi.
Milliyet nashrining yozishiga koʻra Putin va Erdoʻgʻon uchrashuvi "katta syurpriz" bilan ham yakunlanishi mumkin. Turkiya Rossiyadan yana bir partiya S-400 zenit-raketa tizimini sotib olish niyatida. Undan tashqari Turkiya prezidenti Rossiya qiruvchi samolyotlari Su-35 yoki Su-57 sotib olishi ham mumkin. Oldingi tashriflaridan birida Erdoʻgʻon ushbu samolyotlarga katta qiziqish bildirgan edi.

Ekpertlar nima deydi

Rossiya va Turkiya orasida Suriya borasida qarama-qarshi fikrda boʻlishiga qaramasdan kelishuvga erishi oʻta muhim. Oldinlari ham murakkab vaziyatlarda Rossiya va Turkiya prezidentlari kelisha olgan, - deydi Jahon iqtisodiyoti instituti ilmiy xodimi Viktor Nadein-Rayevskiy. Turkiya ertami-kechmi Suriyadan oʻz qoʻshinlarini olib chiqib ketishga majbur boʻladi.
Rossiya TIVi Diplomatik akademiyasining dotsenti Vladimir Avatkov xulosasiga koʻra, Anqara Idlib hududi oʻz zimmasiga olgan vazifalarni bajarmayapti.
“Anqara Idlib hududida tinchlik oʻrnatish boʻyicha allaqachon oʻz zimmasiga olgan vazifalarini bajarishi kerak edi, lekin buni bajarmadi. Endi boʻlsa, Turkiya mudofaa vaziri Moskvani tinchlikni buzishda ayblayapti”, - deydi siyosatshunos.
Bu safar Vladimir Putin va Toyyib Erdoʻgʻon yuzma-yuz uchrashishadi. Delegatsiyalar uchrashuvi boʻlmaydi. Turkiya prezidenti Suriya borasida boshqacha yondashuv boʻlishiga umid bildirmoqda.
*Rossiyada taʼqiqlangan terrorchi tashkilot
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala