Jamiyat

“Hududgaztaʼminot”: Tabiiy gaz endi ogohlantirishsiz oʻchirilmaydi

Gazovaya plita - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.09.2021
Hududgaztaʼminot” AJ boshqarma boshligʻi Bahodir Vahobov tabiiy gaz endi ogohlantirishsiz oʻchirilmasligini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 29 sen – Sputnik. Tabiiy gaz endi ogohlantirishsiz oʻchirilmaydi. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan matbuot anjumanida “Hududgaztaʼminot” AJ boshqarma boshligʻi Bahodir Vahobov maʼlum qildi.
Vahobovning soʻzlariga koʻra, hozirgi kunga qadar ikki millionga yaqin xonadonga elektron gaz hisoblagichlar oʻrnatilgan. Barcha isteʼmolchilarning telefon raqamlari bazaga kiritilgan. Agarda isteʼmolchida qarzdorlik aniqlansa, unga albatta xabarnoma yuboriladi va qarzni toʻlash uchun besh kun muddat beriladi.
Elektron gaz hisoblagichlar oʻrnatilmagan xonadonlar egalarining raqamlari ham bazaga kiritilgan va ularda ham qarzdorlik mavjud boʻlsa, tabiiy gaz oʻchirilishi haqida ogohlantiriladi.
“Ha, ilgari ogohlantirishsiz oʻchirilardi. Endi bunday holat boʻlmaydi. Favqulodda holatlarda esa aholi mahalliy hokimlik organlari orqali xabardor qilinadi”, - dedi “Hududgaztaʼminot” boshqarma boshligʻi.
Avtomobil pravooxranitelnыx organov Uzbekistana na meste DTP - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.09.2021
Jamiyat
Samarqandda bir guruh fuqarolar gaz yoʻqligi sababli norozilik bildirib, yoʻlni toʻsib qoʻydi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader