Hodisalar

IIBB Toshkentda bola oʻgʻirlangani haqidagi xabarni rad etdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina DPS
Mashina DPS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.09.2021
Avvalroq internetda “Qorasaroy” turar-joy majmuasi yaqinida 5 yoshli bolani nomaʼlum shaxs avtomobiliga oʻtqizmoqchi boʻlgani aytilgan xabar tarqalgan edi.
TOSHKENT, 29 sen – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi “Qorasaroy” turar-joy majmuasi yaqinida 5 yoshli bolani nomaʼlum shaxs avtomobiliga oʻtqizmoqchi boʻlgani haqidagi ovozli xabar tarqalmoqda. Poytaxt IIBB bu maʼlumotni tekshirib, yolgʻon ekanini xabar qildi.

“Toshkent shahri hududida bola oʻgʻirlangani bilan bogʻliq holat qayd etilmagan”, - deyilgan xabarda.

Idora yolgʻon axborot tarqatish uchun Oʻzbekiston qonunchiligida javobgarlik koʻzda tutilganini eslatgan.
Zaderjan mujchina, kotorыy v Yangiyule popыtalsya poxitit 8-letnyuyu devochku - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.02.2021
Hodisalar
Yangiyoʻlda 8 yoshli qizni oʻgʻirlamoqchi boʻlgan erkak ushlandi: u ilgari sudlangan
Shuningdek, IIBB fuqarolarga farzandlariga shirinlik taklif qilib, nomaʼlum uyga kirish, begona avtomobilga minishga chorlovchi begonalardan ehtiyot boʻlishni oʻrgatishni tavsiya qilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader