Sport

Ispaniyada sensatsiya: Jasur Yaxshiboyev jamoasiga “Real Madrid”ni magʻlub etishda yordam berdi

© AP Photo / Jose BretonDjasurbek Yaxshiboyev vo vremya matcha mejdu FK "Sherif" i FK "Madrid Real"
Djasurbek Yaxshiboyev vo vremya matcha mejdu FK Sherif i FK Madrid Real - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.09.2021
Madriddagi afsonaviy “Santyago Bernabeu” stadionida boʻlib oʻtgan bahsda oʻzbekistonlik futbolchi “Real Madrid” darvozasiga tarixiy golni kiritdi.
TOSHKENT, 29 sen – Sputnik. Moldovaning “Sherif” futbol klubi Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichining 2 -tur uchrashuvida Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasini 2: 1 hisobida magʻlub etdi.
Madriddagi afsonaviy “Santyago Bernabeu” stadionida boʻlib oʻtgan bahsning 25-daqiqasida oʻzbekistonlik futbolchi Jasur Yaxshiboyev “Real Madrid” darvozasini ishgʻol qildi.
Oʻyinning 65-daqiqasida “Real” hujumchisi Karim Benzema penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirishga muvaffaq boʻldi.
Ammo oʻyinning 89-daqiqasida “Sherif” yana oldinga oʻtdi – gʻalaba keltirgan golni Sebastyan Till raqib darvozasiga aniq yoʻlladi. Shu tariqa, oʻyin 1:2 hisobida Jasur Yaxshiboyev jamoasining gʻalabasi bilan yakunlandi.
Chempionlar ligasi “D” guruhidan oʻrin olgan “Sherif” ikki oʻyindan keyin 6 ochko bilan hozirda oʻz guruhida peshqadamlik qilmoqda. Eʼtiborlisi, “Sherif” futbol klubi YECHL debyutanti sanaladi.
Jasur Yaxshiboyev 30 avgust kuni "Sherif" klubi safiga ijara asosida "Legiya Varshava" klubidan kelib qoʻshilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader