Dunyoda

Markaziy Osiyoda Dushanbe birinchi boʻlib kovidga qarshi emlash rejasini oshigʻi bilan bajardi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishMedik gotovit shprits s vaktsinoy
Medik gotovit shprits s vaktsinoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.09.2021
27 sentyabr holatiga koʻra Tojikistonda rejaga muvofiq COVID-19 ga qarshi deyarli 2,4 million kishi emlangan.
TOSHKENT, 29 sen – Sputnik. Tojikiston poytaxti Dushanbeda aholini koronavirusga qarshi emlash rejasi 100,4 foizga bajarildi. Bu haqda mamlakat Sogʻliqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi maʼlumotlariga tayangan holda Sputnik Tojikiston nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 27 sentyabr holatiga koʻra Tojikistonda rejaga muvofiq COVID-19 ga qarshi deyarli 2,4 million kishi emlangan. Bu emlanishi kerak boʻlgan aholining 41,2 foizini tashkil etadi.
Vaktsinaning ikkinchi dozasi bilan 1,7 milliondan ziyod kishi emlangan.
Iyul oyida Tojikistonda 18 yoshdan katta aholini koronavirusga qarshi emlash majburiy etib belgilangan edi. Respublika “CoronoVac” (Xitoy), “AstraZeneca” (Yevropa), “Moderna” va “Pfizer” (AQSH) va “Sputnik V” (Rossiya) vaktsinalaridan foydalanmoqda.
Jiteli goroda Dushanbe v zaщitnыx maskax na ulitse - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.09.2021
Dunyoda
Kovid ketdimi? Tojikistonda yangi kasallanish holati qayd etilmadi
Oʻzbekiston SSV maʼlumotlariga qaraganda, 28 sentyabr holatiga koʻra mamlakatda 4,3 mln kishi koronavirusga qarshi toʻliq emlangan. Jami 20 million dozadan ortiq vaktsina qoʻllanilgan. Toshkent shahrida 1,1 mln kishi vaktsinaning kamida bir dozasini olgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala