Mirziyoyev ishlash uchun nimadan kuch olishini aytdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2021
Obuna bo‘lish
Mirziyoyevning "Prezident ham charchaydimi, nimadan kuch oladi?" degan savolga javobi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda yashin tezligida tarqalmoqda.
TOShKENT, 29 sen - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishlash uchun qayerdan kuch olishi haqida gapirdi. Mirziyoyevning "Prezident ham charchaydimi, u kimdan va nimadan kuch oladi?" degan savolga javobi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda yashin tezligida tarqalmoqda.
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2021
O‘zbekiston fuqarosisizlar, nega poytaxtda yashash mumkin emas - Mirziyoyev "propiska" haqida
Mirziyoyev shu kunlarda saylovchilar bilan uchrashish uchun Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlariga tashriflarni amalga oshirmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning aytishicha, hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlarning tub zamirida bitta narsa - Inson qadri uchun degan maqsad yotibdi.
"Joylarda yurib, o‘zgarishlarni ko‘rib, odamlarning ko‘zlarida o‘zgarishlarni ko‘rsam - faqat shu menga kuch beradi", - dedi savolga javoban Mirziyoyev.
Yangiliklar lentasi
0