Jamiyat

Namanganda eng yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovV Namangane proveli operatsiyu po plasticheskomu vosstanovleniyu pochki
V Namangane proveli operatsiyu po plasticheskomu vosstanovleniyu pochki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.09.2021
Shifokorlar dastlab bemor ayolni tuxumdonidagi oʻsimtani olib tashlashdi. Keyin esa buyrak jomchasi va siydik nayi sohasi torayishi sababli lunjidan olinib, plastika qilish jarayoni kechdi.
TOSHKENT, 29 sen – Sputnik. Namangan viloyati ftiziatriya va pulmanologiya markazida oʻta noyob jarrohlik amaliyotlari oʻtkazila boshlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Bu jarrohlik Moskva tibbiyot akademiyasi professori, tibbiyot fanlari doktori Oleg Zuban rahbarligida olib borildi. Unga Toshkent tibbiyot akademiyasidan tibbiyot fanlari doktori Zafar Rahmatullayev, Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazidan tibbiyot fanlari doktori Sarvar Alijonov va mahalliy shifokorlar Iskandar Mahmudov va Ulugʻbek Ashirovlar assisentlik qilishdi.
Shifokorlar dastlab bemor ayolni tuxumdonidagi oʻsimtadan forigʻ qilishdi. Keyin esa buyrak jomchasi va siydik nayi sohasi torayishi sababli lunjidan olinib, plastika qilish jarayoni kechdi. Bu amaliyot bilan bemor buyragi sogʻlomlashtiriladi.
“Moskvalik doktorning tashrifi tarixiy ahamiyatga ega. Yurtimizda oʻzlashtirilgan yangi turdagi jarrohlik amaliyotlari qatorida qayd etilayotgan bu operatsiya bois mahalliy shifokorlar ham tajribalarini boyitish, kelgusida hech ikkilanmay bu ishni davom ettirish koʻnikmasiga ega boʻldilar”,- deydi viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazi direktori Iqboljon Vositov.
Taniqli shifokorlarning Namanganga tashriflari doirasida oʻnlab bemorlar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikka ham chorlandi va ular sogʻligʻini tiklash uchun tegishli tavsiyalar berildi.
Lecheniye bolnыx s COVID-19 v GKB №52 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.08.2021
Jamiyat
Oʻzbek shifokorlari ilk bor jigar transplantatsiyasi amaliyotini mustaqil amalga oshirishdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader