Oktabr boshida ob-havo keskin soviydi

© Sputnik / Maks Vetrov / Mediabankka o‘tishVeter
Veter - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2021
Obuna bo‘lish
1-3 oktabrda respublika hududlariga Rossiya Yevropa qismining markaziy hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.
TOShKENT, 29 sen – Sputnik. 30 sentabrda O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 1-3 oktabrda respublikaning qolgan hududlariga Volga bo‘yi orqali Rossiya Yevropa qismining (Moskva viloyati) markaziy hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.
1-3 oktabrda havo harorati kechalari asta-sekin +3...+8 daraja iliqgacha, kunduz kunlari +12...+17 daraja iliqgacha, shimolda kechalari +0...+5 daraja iliqgacha, kunduz kunlari +10...+15 daraja iliqgacha pasayadi.
1-2 oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda, 3-oktabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, 2-3 oktabrda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi.
30 sentabrda va 1-2 oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0