Siyosat

Oʻzbekistonda MDH saylovlarni kuzatish missiyasi oʻz faoliyatini boshladi

© TSIK UzbekistanaVыborы v Uzbekistane
Vыborы v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.09.2021
MDH kuzatuvchilari faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Toshkent shahrida missiyaning shtabi ish boshlaydi.
TOSHKENT, 29 sen - Sputnik. Oʻzbekiston Markaziy saylov komissiyasi taklifiga binoan, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining (MDH) Ijroiya qoʻmitasi raisi birinchi oʻrinbosari Leonid Anfimov boshchiligida MDH saylovlarni kuzatish missiyasining uzoq muddatli kuzatuvchilari mamlakatga tashrif buyurdi.
"29 sentyabr kuni Markaziy saylov komissiyasida Kuzatuvchilar missiyasi aʼzolari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi", - deb xabar qiladi Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati.
MSK raisi Zayniddin Nizamxodjayev mehmonlarni saylov kampaniyasi bilan tanishtirib, saylov Oʻzbekiston Konstitutsiyasi hamda Saylov kodeksiga muvofiq ochiq va oshkora oʻtkazilayotganini taʼkidladi.
Liderы politicheskiy partiy Uzbekistana na zasedanii TSIK, posvyaщennom startu prezidentskoy izbiratelnoy kampanii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.07.2021
Siyosat
Oʻzbekistonni yangi prezidenti nimaga tayyor: partiyalar yetakchilari saylovoldi rejalari haqida
Shu bilan birga, ayni damda prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti jarayoni boshlangani, saylovoldi tashviqotini olib borish va ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda teng imkoniyatlar yaratilganligi qayd etildi.
Uchrashuv davomida taʼkidlanganidek, MDH kuzatuvchilari faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Toshkent shahrida missiyaning shtabi ish boshlaydi.
Missiya oʻz faoliyati davomida saylov jarayoni borishi haqida materiallarni toʻplash va tahlil qilish, saylov qonunchiligini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va televizion dasturlar hamda bosma ommaviy axborot vositalarida chiqayotgan saylovga oid materiallarni monitoring qilish, nomzodlarning saylov shtablarida uchrashuvlar oʻtkazish bilan shugʻullanadi.
MSK shu kunga qadar 112 nafar xalqaro kuzatuvchini roʻyxatdan oʻtkazdi.
Uchrashuvdan soʻng L.Anfimov ommaviy axborot vositalari vakillariga Missiya faoliyati yuzasidan murojaat qildi. Tashrif doirasida delegatsiya aʼzolarining bir qator vazirlik va idoralarda uchrashuvlari rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader