Jamiyat

"Prava"ni almashtirish muddati: hukumat qarori tayyorlandi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Fotobankka oʻtishV Rossii nachali vыdavat voditelskiye udostovereniya novogo obraztsa
V Rossii nachali vыdavat voditelskiye udostovereniya novogo obraztsa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.09.2021
Hukumat qarori loyihasiga koʻra, haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati 1 yilga uzaytirilishi mumkin.
TOSHKENT, 29 sen — Sputnik. Vazirlar Mahkamasining “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017 yil 2 martdagi 116-son qarorining 3-bandiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida hukumat qarori loyihasi umumiy muhokamaga qoʻyildi.
2017 yildagi qarorga muvofiq haydovchilik guvohnomalarini almashtirish muddati 2021 yil 31 dekabrga qadar belgilangan boʻlib, 2022 yil 1 yanvardan boshlab eski namunadagi guvohnomalar haqiqiy emas deb topiladi.
Zdaniye GUVD Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.09.2021
Jamiyat
“Gvardeyskiy GAIdagi holat”: IIBB video yuzasidan bayonot berdi
“Ammo, hozirga qadar almashtirilmagan 2 mln.dan ortiq eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini joriy yakuniga qadar almashtirishning jismoniy va texnik imkoniyati yetarli boʻlmay, hisob-kitoblarga koʻra, joriy holatda bir oyda 200 ming donagacha hajmda haydovchilik guvohnomalarini almashtirish mumkin.
Shu sababdan, aholiga qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida foydalanishda qolayotgan eski haydovchilik guvohnomalarining amal qilish muddatlarini 3 oydan 1 yilgacha muddatga uzaytirish taklif etilmoqda,” – deyilgan hujjatda.
Qayd etilishicha, bunday taklif aholida almashtirilmasdan qolayotgan eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish hajmini yil davomida bir maromda taqsimlash, ularning yil yakunida almashtirish joylarida toʻplanib qolishlarining oldini olish maqsadida ishlab chiqildi.
Milliy haydovchilik guvohnomasining yangi namunasi amaliyotga kiritilgan paytdan hozirgi kunga qadar (4 yilda) eski namunadagi jami salkam 5,8 mln. dona milliy haydovchilik guvohnomalarining 3,6 mln tasi yangisiga almashtirildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala