Jamiyat

Qashqadaryoda jinoyatchilik 70 foizga ortdi, oʻquvchilar oʻquv yilini kitobsiz boshladi

Uchebniki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.09.2021
Hududda 2021 yil 1 sentyabr holatiga koʻra, 3 ming 108 ta jinoyat sodir etilgan. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 70 foizga koʻp.
TOSHKENT, 29 sen – Sputnik. Senatning oʻn toʻqqizinchi yalpi majlisida Qashqadaryo viloyati hokimining hisoboti tanqidiy muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, viloyatdagi umumtaʼlim maktablari uchun respublika “Transport va logistika xizmati” DUK tomonidan 46 foiz darsliklar yetkazib berilgan, xolos.
Ushbu darsliklar jamlanmasining 24 foizi toʻliq boʻlmaganligi bois omborxonada saqlanmoqda, buning natijasida oʻquvchilar oʻquv yilini kitobsiz boshlagan.
2021 yilgi Investitsiya dasturi doirasida viloyatdagi 93 ta umumtaʼlim maktabini jihozlash belgilangan boʻlib, shundan 36 tasiga mebel va jihozlar qisman yetkazib berilgan, qolgan 57 tasiga esa umuman yetkazib berilmagan.
Podgotovka shkolы k novomu uchebnomu godu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2021
Jamiyat
Qashqadaryoda oʻquvchilarni polga oʻtqazib dars oʻtgan oʻqituvchilar jazolandi
10 sentyabrga qadar yakunlanishi belgilangan Qarshi tumanidagi 26-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida rekonstruktsiya ishlari 29 foizga bajarilgan. 10 oktyabrgacha foydalanishga topshirilishi belgilangan Qarshi tumani “Botosh” dahasidagi 4 qavatli yangi maktabning hatto birinchi qavatini qurish ishlari hanuzgacha yakunlanmagan.
Senat xabariga koʻra, hududda 2021 yil 1 sentyabr holatiga koʻra, 3 ming 108 ta jinoyat sodir etilgan. Ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 70 foizga ortgan. Sodir etilgan jinoyatlardan 1 ming 828 tasining (shundan 963 tasi mahallada sodir etilgan) yoki 58,8 foizining oldini olish mumkin boʻlgan jinoyatlar tashkil etgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala