Qirg‘izistonda Rossiyaning Su-25 samolyotlari aviabombalar bilan shartli raqibni yo‘q qildi

https://www.facebook.com/plugins/video.php?href=https%3A%2F%2Fwww.facebook.com%2Fairbase.kant%2Fvideos%2F395202215318275%2F&width=500&show_text=false&height=282&appId
Obuna bo‘lish
Qirg‘izistondagi Issiqko‘l viloyati joylashgan “Edelveys” tog‘li poligonda Rossiyaning "Kant" qo‘shma harbiy bazasining Su-25 hujum samolyotlari ekipajlari shartli raqib istehkomlariga zarba berdi. Maskirovka qilingan obyektlarga zarba uchun FAB-250 havo bombalari tashlandi.
Uchuvchilar 40 taga yaqin bomba ishlatdi, parvozlar faqat kunduzi amalga oshirildi.
Rossiyaning "Kant" qo‘shma aviabazasi KXShT kuchlari tarkibiga kiradi va unga a’zo davlatlarining havo hududi xavfsizligini ta’minlash bilan shug‘ullanadi.
Baza Su-25 hujum samolyotlari va Mi-8 vertolotlari bilan qurollangan.
Yangiliklar lentasi
0