Sport

"Real Madrid" darvozasiga gol urgan Yaxshiboyev taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi - video

© AFP / JAVIER SORIANODjasurbek Yaxshiboyev vo vremya matcha mejdu FK "Sherif" i FK "Madrid Real"
Djasurbek Yaxshiboyev vo vremya matcha mejdu FK Sherif i FK Madrid Real - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.09.2021
"Real Madrid" darvozasiga gol urgan Yaxshiboyev oʻyindan soʻng qisqa intervyu berdi.
TOSHKENT, 29 sen — Sputnik. Oʻzbekistonlik forvard Jasur Yaxshiboyev "Real" klubiga qarshi oʻyindan soʻng qisqa intervyu berdi.
“Bolaligimdan "Real"ga qarshi oʻynashni orzu qilganman. Gol urishni xohlagandim, ammo buni amalga oshirishimni tasavvur qila olmasdim”, - dedi oʻzbekistonlik futbolchi.
Kuni kecha “Santyago Bernabeu” stadionida Yevropa Chempionlar ligasining guruh bosqich ikkinchi turidan oʻrin olgan "Real Madrid" – "Sherif" uchrashuvi kutilmagan natija bilan yakunlandi.
Uchrashuvning 25-daqiqasida oʻzbekistonlik futbolchi Jasur Yaxshiboyev “Real Madrid” darvozasini ishgʻol qildi.
65-daqiqada “Real” hujumchisi Karim Benzema penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirishga muvaffaq boʻldi.
89-daqiqada esa Sebastyan Till raqib darvozasiga aniq yoʻlladi. Shu tariqa, oʻyin 1:2 hisobida “Sherif” jamoasining gʻalabasi bilan yakunlandi.
“Sherif" guruhda 6 ochko bilan yakka peshqadamga aylandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala