Rossiya

Rossiya va Turkiya murosaga kelishni oʻrganib olishdi - Putin

© POOL / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin provel peregovorы s prezidentom Turtsii R. Erdoganom
Prezident RF V. Putin provel peregovorы s prezidentom Turtsii R. Erdoganom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.09.2021
Rossiya prezidetnining soʻzlariga koʻra ikki davlat munosabatlari ijobiy rivojlanish yoʻlidan ketmoqda.
TOSHKENT, 29 sen — Sputnk. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya prezidenti Toyib Erdoʻgʻon bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda Moskva va Anqara oʻzaro murosaga kelishni oʻrganib olishdi, dedi.
Putin aytishiga koʻra, ikki davlat orasidagi muzokaralar baʼzan oddiy kechmasa-da, lekin oxirida baribir ijobiy natija bilan tugaydi.

"Xalqaro maydonda biz Suriyada tinchlik oʻrnatish, Liviya boʻyicha qarashlarimizni muvofiqlashtirish hamda Ozarbayjon va Armaniston mojarosini tugatish boʻyicha muvaffaqqiyatli hamkorlik qilib kelmoqdamiz", - dedi Rossiya rahbari.

Toyib Erdoʻgʻan oʻz navbatida Rossiya va Turkiyaning Suriyada tinchlik oʻrnatish birgalikda boʻyicha amalga oshirayotgan qadamlarining oʻta muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.
Prezident RF Vladimir Putin i prezident Turtsii Redjep Tayip Erdogan (sleva) vo vremya press-podxoda po itogam rossiysko-turetskix peregovorov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.09.2021
Analitika
"Katta syurpriz boʻlishi mumkin": Erdoʻgʻon va Putin uchrashuvidan nimalar kutilmoqda
Turkiya prezidenti, shuningdek, Rossiya bilan hamkorlikda Turkiya janubidagi Mersin viloyatida qurilayotgan "Akkuyu" atom elektr stantsiyasiga tashrif buyurganini maʼlum qildi.

"Qurilish ishlari reja boʻyicha amalga oshirilmoqda. Menga AES qurilishi belgilangan vaqtda yakunlanishini xabar qilishdi. Oʻylaymanki, kelgusi yilda biz stantsiyaning birinchi blokini ishga tushirishimiz mumkin", - dedi Erdoʻgʻon.

Undan tashqari Turkiya prezidnti Rossiyaga oʻrmon yongʻinlari bilan kurashda koʻrsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi.
Dmitriy Peskov aytishiga koʻra, prezidentlar dastlab yuzma-yuz muloqot qilishadi va undan soʻng birgalikda ishchi nonushta qilishadi. Uchrashuv yakunida hech qanday hujjatlar imzolanishi rejalashtirilmagan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala