Senat bugun o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisni chaqiradi - tafsilotlar

© SIK UzbekistanaSenat Oliy Majlisa - zal zasedaniy
Senat Oliy Majlisa - zal zasedaniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2021
Obuna bo‘lish
Majlis videokonferensaloqa tarzida o‘tkaziladi
TOShKENT, 29 sen - Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati bugun o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisni chaqiradi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar bermoqda.
Videokonferensaloqa tarzida o‘tkaziladigan yalpi majlisda "To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida"gi, "‘Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida"gi, "O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonunlar muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.
Zasedanie Senata Oliy Majlisa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2021
Chegara, yangi 10 ming so‘mlik va sport: Senat 18-yalpi majlisida qanday masalalar ko‘tariladi
Shuningdek, "Farzandlikka olish tartibining huquqiy asoslari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonunlar ham muhokama qilinadi.
"O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida"gi, "O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida"gi, "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonunlar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2021-yil birinchi yarim yillik yakunlari bo‘yicha ijrosi hamda Qashqadaryo viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish haqidagi hisobotlari, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisining faoliyati to‘g‘risidagi axborot eshitilishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashdagi dolzarb muammolar yuzasidan hukumatga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari, Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2020-yildagi va 2021-yilning o‘tgan davridagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti hamda boshqa masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0