Dunyoda

Simonyan RT kanallarining yoʻq qilinishini media urush, deya baholadi

© AFP / YURI KADOBNOVRT
RT  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.09.2021
Oʻz navbatida, Margarita Simonyan, YouTube tomonidan iddao qilinayotgan "aniq" qoidalar hech qayerda oʻz aksini topmaganini taʼkidlamoqda.
TOSHKENT, 29 sen — Sputnik. YouTube videoservisining RT DE va DFP kanallarini qayta tiklash imkoniyatisiz yoʻq qilish haqidagi qarori — bu toʻlaqonli media urushning eʼlon qilinishidir, dedi RIA Novostiga "Rossiya segodnya" media-guruhi va RT telekanali bosh muharriri Margarita Simonyan.
Ikki kanalning bloklanganligi haqida Simonyan kuni kecha xabar bergan edi.
Videoservisga egalik qiluvchi Google matbuot-xizmatiga koʻra, yopilgan kanallar YouTube'ning "aniq belgilab qoʻyilgan foydalanish shartlarini buzgan".
"RT DEga sal avval COVID-19 koronavirus infektsiyasi haqida bizning qoidalarimizga zid boʻlgan yolgʻon tibbiy maʼlumot yuklagani haqida ogohlantirish yoʻllangan edi. Bu holat ularning videoni eʼlon qilish huquqlari vaqtincha toʻxtatilishiga olib keldi. Huquqlar toʻxtatilgan vaqtda kanal egalari boshqa kanaldan foydalangan holda cheklovlarni aylanib oʻtishga harakat qilgan, natijada ikkala kanal ham YouTube shartlarini buzganligi uchun yopilgan", - deyiladi korporatsiya javobida.
Oʻz navbatida, Simonyan, YouTube iddao qilayotgan "aniq" qoidalar hech qayerda yozilmaganini qayd etmoqda.
Chlen Obщestvennoy palatы RF, jurnalistka Mariya Butina v odinochnom pikete v zaщitu svobodы slova v podderjku russkoyazыchnыx jurnalistov Latvii vozle Doma priyemov MID Rossii. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.04.2021
Kolumnistlar
Jurnalistlarni taʼqib qilish: Gʻarb Boltiqboʻyi davlatlari yutuqlariga havas qiladi
"Biz oʻz auditoriyamizni birinchi marta ikkinchi kanalimizga taklif qilayotganimiz yoʻq. Ammo faqat bugun ular ikkala kanalni yopib yuborish qarorini qabul qilishdi. Bir vaqtning oʻzida YuoTube xostingida emlanishga qarshilar, barcha turdagi terrorchilar va fashistlar bemalol chiqish qilmoqda. Ular bizni koʻp bora cheklab kelgan, ammo bu safar shunchaki yoʻq qilishdi. Bu Germaniya tomonidan Rossiyaga nisbatan toʻlaqonli media urush eʼlon qilinishidir", — dedi bosh muharrir.
Roskomnadzor Google'ga xat yoʻllab, "maksimal qisqa muddatda "RT DE" va "Der Fehlende Part" kanallaridan barcha cheklovlarni olib tashlashni" talab qildi. Idora YouTube maʼmuriyati harakatlarini tsenzura sifatida baholashini bildirib oʻtgan.
Roskomnadzor shuningdek, kanallarni blokdan chiqarish talabi rad etilsa, YouTubega bir million rublgacha jarima solinishini, holat takrorlansa - jarima miqdori uch milliongacha oshishini eslatib oʻtgan.
Iyul oyida Lyuksemburg media-regulyatori "texnik mezonlarga nomuvofiqligi" sababli RTga nemis tilida efirga chiqish lizentsiyasini bermagan edi.
RT telekanali anjumani - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.09.2016
Jamiyat
AQSH razvedkasi Sputnik va RT faoliyati bilan qiziqdi
TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ushbu qaror "misli koʻrilmagan hodisa", deya baholadi. Diplomatning aytishicha, "bu qoʻshni GFR hukumatining Lyuksemburg tomoniga ochiqchasiga oʻtkazgan bosimning nomadaniy, ammo kutilgan natijasi, Germaniya rasmiy shaxslarining koʻpsonli bayonotlari bunga yorqin dalil boʻla oladi".
Gʻarbda Rossiya OAVlari bilan bogʻliq holat soʻnggi yillarda tobora murakkablashib bormoqda. 2016 yilning noyabrida Yevropa parlamenti Sputnik va RTga qarshi kurashish toʻgʻrisida rezolyutsiya qabul qilgan.
Vladimir Putin, ushbu hujjatga izoh berar ekan, mazkur nashrlarning jurnalistlarini sermahsul faoliyat bilan qutladi. Putinga koʻra, ushbu holat gʻarb jamiyatida demokratiya haqidagi tasavvurlar degradatsiyaga uchrayotganining yorqin dalilidir.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala