Hodisalar

Surxondaryoda chegarani noqonuniy kesib oʻtgan afgʻonistonlik ogʻufurush qoʻlga olindi

© Sputnik / Stas EtveshNaruchniki
Naruchniki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.09.2021
Tintuv qilingan afgʻonistonlikdan 9 kilogramm 84 gramm opiy giyohvandlik moddasi musodara qilindi.
TOSHKENT, 29 sen – Sputnik. Oʻzbekiston hududiga Amudaryo orqali noqonuniy oʻtgan Afgʻoniston fuqarosi qoʻlga olindi. Bu haqda “Oʻzbekiston 24” telekanali syujetida maʼlum qilindi.
DXXning Surxondaryo viloyati boʻyicha xodimlari hamda Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda Oʻzbekiston hududiga Amudaryo orqali noqonuniy oʻtgan Afgʻoniston fuqarosi qoʻlga olingan.
Tekshiruv paytida uning yonidan 9 kilogramm 84 gramm ogʻirligidagi opiy giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan. Giyohvand moddalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 2020 yilda giyohvandlik vositalari bilan bogʻliq 53 ta holatlarda 55 nafar chet el fuqarolari ushlangan. Shulardan 23 nafari, yaʼni deyarli yarmi Afgʻoniston fuqarolari.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala