Ekonomicheskiy forum v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Oʻzbekiston iqtisodiy forumi - 2021
Toshkentda “Iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli” mavzusidagi iqtisodiy forum boʻlib oʻtmoqda.

Vengriyaning OTP Bank banki “Ipoteka-bank”ning 75 foizini xarid qiladi

Finansovыy grafik - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.09.2021
“Ipoteka-bank“ davlat ulushining 75 foizini sotish toʻgʻrisidagi bitim imzolanadi.
TOSHKENT, 29 sen – Sputnik. Vengriyaning OTP Bank banki Oʻzbekistonning “Ipoteka-bank” davlat ulushining 75 foizini xarid qiladi. Bu haqda bosh vazir oʻrinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri Jamshid Qoʻchqorov maʼlum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Toshkentda “Uzbekistan Economic Forum 2021” boʻlib oʻtmoqda. Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki koʻmagida Oʻzbekiston hukumati, xalqaro tashkilotlar va biznesning 300 ga yaqin vakillari ishtirok etmoqda.
“Vengriyaning OTP Bank banki Oʻzbekistonga keldi. Bugun biz “Ipoteka-bank“ davlat ulushining 75 foizini sotish toʻgʻrisidagi bitimni imzolaymiz.Ikki oy ichida kelishuvni yakunlaymiz”, — dedi Qoʻchqorov forum davomida.
Bosh vazir oʻrinbosari “Ipoteka-bank”ni xususiylashtirish Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC , Jahon banki tuzilmasiga kiradi) bilan Oʻzbekiston bank sohasiga potentsial investorlarni jalb qilishga oid kelishuv doirasida amalga oshirilayotganini taʼkidladi.
Znak protsenta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.05.2020
Iqtisod
Oʻzbekistonda oltita bank xususiylashtiriladi - prezident farmoni
Qoʻchqorovning soʻzlariga koʻra, boshqa banklar ham xuddi shu shaklda xususiylashtiriladi: “transformatsiya — sotuvga tayyorlash — xususiylashtirish”.
“Bizga 10 ta davlat banki kerak emas. Shuning uchun biz "Oʻzsanoatqurilishbank"ni xususiylashtirishda "Ipoteka-bank"ni xususiylashtirish tajribasidan foydalanishni rejalashtirmoqdamiz”, - dedi u.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq "Ipoteka-bank", "Oʻzsanoatqurilishbank", "Asaka" banki, "Aloqabank", "Qishloq qurilish bank" va "Turonbank" dagi davlat ulushlari bosqichma-bosqich xususiylashtirilishi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala